O‘zbekiston va Buyuk Britaniya diplomatik aloqalarning 25-yilligini nishonlayapti

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda Buyuk Britaniya bilan hamkorlik qilish istiqbollariga ishonch bilan qaraladi, dedi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rahbari Abdulaziz Kamilov

TOShKENT, 18 fev — Sputnik. O‘zbekiston TIV rasmiy saytida Abdulaziz Kamilovning Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Tashqi ishlar va Hamdo‘stlik masalalari bo‘yicha Davlat kotibi janob Boris Jonsonga yo‘llagan maktubi e’lon qilindi.

Maktubda Kamilov Boris Jonsonni O‘zbekiston Respublikasi va Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi o‘rtasida diplomatik aloqalar o‘rnatilganining 25-yilligi munosabati bilan tabriklagan.

Britaniya bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston
Britaniya O‘zbekistonga islohotlar uchun 500 ming dollardan ortiq mablag‘ ajratadi
"O‘zbekiston Buyuk Britaniyani muhim xalqaro sherik hamda dunyoning ulkan siyosiy, iqtisodiy, texnologik va intellektual salohiyatga ega bo‘lgan yetakchi va nufuzli mamlakatlaridan biri sifatida qabul qiladi.

O‘tgan davr mobaynida Sizning mamlakatingiz bilan o‘rnatilgan dinamik va teng huquqlilikka asoslangan munosabatlarni yuqori baholaymiz. Ushbu munosabatlar tarixi qadim zamonlarga borib taqaladi. Ishonchimiz komilki, so‘nggi yillarda O‘zbekistonga 40 dan ortiq Buyuk Britaniya delegatsiyalarining tashrif buyurishi ikki mamlakatning ham o‘zaro manfaatli va konstruktiv hamkorlikni yanada rivojlantirish tarafdori ekanligidan dalolat beradi.

Qayd etish lozimki, bugun mamlakatlarimiz o‘z yangi tarixida muhim ijtimoiy-siyosiy voqealarni boshdan kechirayotgan bir paytda O‘zbekistonda Buyuk Britaniya bilan hamkorlik qilish istiqbollariga ishonch bilan qaraladi.

Mamlakatimiz uchun muhim bo‘lgan ushbu davrda Buyuk Britaniya hukumati va xalqining qo‘llab-quvvatlashini yuqori baholaymiz hamda Sizning o‘rinbosaringiz janob Alan Dunkanning O‘zbekistonga tashrifini ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash borasidagi Buyuk Britaniya samimiy qiziqishining tasdig‘i sifatida qaraymiz.

O‘zbekistonga radioaktiv chiqindilardan qutulishda AQSh va Britaniya ko‘maklashadi
Biz o‘zaro tashriflar almashish amaliyotini davom ettirish, siyosiy muloqot, parlamentlararo hamkorlik, iqtisod va sanoat, ilg‘or texnologiyalar, madaniyat va san’at, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlash sohalaridagi Buyuk Britaniya bilan sherikchilikni yanada izchil rivojlantirish tarafdorimiz.

Aminmanki, o‘zaro hurmat va tomonlar manfaatlarini hisobga olish tamoyillariga asoslangan O‘zbekiston-Buyuk Britaniya aloqalari mamlakatlarimiz farovonligi va manfaatlari yo‘lida bundan-buyon ham mustahkamlanadi", deb ta’kidlagan o‘z maktubida TIV rahbari Abdulaziz Kamilov.

Yangiliklar lentasi
0