O‘zbekiston va Qozog‘iston ichimlik suvi bo‘yicha mega-loyihani muhokama qilmoqda

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishSuv
Suv - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Muzokaralar ijobiy yakunlangan taqdirda 2020-2030 yillarda 1 millionga yaqin aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha mega-loyiha amalga oshiriladi

TOShKENT, 16 fev — Sputnik. Janubiy Qozog‘iston viloyati hokimi Jonsaid Tuymebayev Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi oqin suvlar masalasi bo‘yicha davlatlararo ishchi guruh vakillari bilan uchrashdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ishchi guruhlari Qozog‘iston va O‘zbekiston davlat rahbarlari o‘rtasidagi kelishuvga asosan tuzilgan bo‘lib, guruhlar faoliyati ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni takomillashtirish va oqin suvlar muammolarini hal qilishga yo‘naltirilgan.

Daryo - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Qozog‘iston suv masalasini muhokama qildi

Uchrashuv davomida Tuymebayev ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirish zarurligini bildirdi.

"Biz savdo-iqtisodiy, gumanitar munosabatlarni mustahkamlashimiz darkor. Har ikki tomonning hamkorlikka qiziqish bildirishi meni quvontirmoqda. Birgalikda hal qiladigan muammolarimiz anchagina. Ishchi guruhlari suv, oqin suv va toza ichimlik suvi resurslarini o‘zlashtirish bo‘yicha muhokama qilayotgan masalalar ijobiy yechim topishiga ishonaman", — dedi hokim.

O‘z navbatida O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi va suv resurslari vaziri o‘rinbosari Shavkat Hamroyev har ikki davlatni Sirdaryo birlashtirib turishini, mazkur uchrashuv muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi.

"Oqin suvlarni o‘zlashtirish hamda suv toshqinlari har ikki tomonning umumiy muammosidir. Bu muammolarni birgalikda hal qilishning barcha imkoniyatlaridan foydalanish lozim. Bugungi uchrashuv muhim ahamiyatga ega. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar bundan buyon ham rivojlanib borishiga ishonchim komil", — dedi Sh.Hamroyev.

Uchrashuvda ishchi guruh vakillari aholini transchegaraviy hududda joylashgan Ugom darosidan olinadigan toza ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli loyihani muhokama qildi.

Kran - Sputnik O‘zbekiston
Mo‘ynoqda shu yil yozigacha suv o‘tkazgich qurib bitkaziladi

Muzokaralar ijobiy yakunlangan taqdirda 2020-2030 yillarda 1 millionga yaqin aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha mega-loyiha amalga oshiriladi.

Ishchi guruhining o‘tgan yil dekabrda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan birinchi yig‘ilishida transchegaraviy daryo va kanallardan o‘zaro manfaatli foydalanish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Yig‘ilishda tomonlar suv hajmidan kelib chiqib, "Dostik", "Zax", "Xonim", STK, VTK kanallari, ularning yoqalaridagi sug‘oriladigan yerlardagi barcha suvlarni teng taqsimlash haqida kelishib olgan.

Yangiliklar lentasi
0