Mo‘ynoqda shu yil yozigacha suv o‘tkazgich qurib bitkaziladi

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishKran
Kran - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Mo‘ynoq tumani aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash haqidagi qarorga imzo chekdi

TOShKENT, 13 fev — Sputnik. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanida 2017-yilning 1-iyuligacha "Qo‘ng‘irot-Mo‘ynoq" suv taqsimlash tarmog‘iga ega bo‘lgan suv o‘tkazgichi qurib bitkaziladi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumani aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash choralari to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi.

Orol dengizi sohili - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyevning qaroriga ko‘ra Orolbo‘yi aholisining yashash sharoiti yaxshilanadi

Suv o‘tkazgichning loyiha qiymati 26,4 milliard so‘mga teng.

Loyiha "O‘zkommunxizmat" agentligining 10,4 milliard so‘mlik markazlashtirilgan investitsiya mablag‘lari, Qoraqalpog‘iston davlat budjetining 5 milliard so‘m, "O‘zbekiston temir yo‘llari"ning 5 mlrd. so‘m va 6 mlrd. so‘mlik xayriya mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Loyihani amalga oshiruvchi ishtirokchilarga soliq va bojxona imtiyozlarini taqdim etildi.

Yangiliklar lentasi
0