O‘zbekiston va Qozog‘iston suv masalasini muhokama qildi

© Sputnik / Aleksandr Polyakov / Mediabankka o‘tishDaryo
Daryo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahrida suv bilan bog‘liq munosabatlarning barcha yo‘nalishlarida hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi ishchi guruhlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

TOShKENT, 10 dek — Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston ishchi guruhlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar tarqatmoqda O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

Avtobus - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida avtobus qatnovi joriy qilinadi
"2016-yilning 8-9-dekabr kunlari Toshkent shahrida suv bilan bog‘liq munosabatlarning barcha yo‘nalishlarida hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi ishchi guruhlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi", — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston delegatsiyasiga Qishloq va suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Shavkat Xamrayev hamda Qozog‘iston delegatsiyasiga Qishloq xo‘jaligi vazir o‘rinbosari Yerlan Nisanbayev boshchilik qilgan.

"Muzokaralar chog‘ida yaqinda bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi O‘zbekiston-Qozog‘iston muloqotlari davomida erishilgan kelishuvlar nuqtayi nazaridan suv masalalari bo‘yicha ikki mamlakat hamkorligining amaliy jihatlari do‘stona va konstruktiv ruhda muhokama qilindi", — deyiladi xabarda.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra tegishli Bayonnoma imzolangan. Ishchi guruhlarning navbatdagi uchrashuvi Qozog‘iston hududida bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Yangiliklar lentasi
0