O‘zbekistonlik o‘smirlarning yarmi kitobdan ko‘ra kompyuterni afzal ko‘radi

© Shark ZiyokoriKitob yarmarkasi
Kitob yarmarkasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Har o‘n o‘smirdan birining tan olishicha, o‘quv adabiyotidan boshqa kitob o‘qimaydi

TOShKENT, 15 fev — Sputnik. "Ijtimoiy fikr" jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi "O‘smirlar o‘zi va oilasi haqida" mavzuyida tadqiqot o‘tkazdi. Ijtimoiy tadqiqotda mamlakatning barcha hududlaridan 12-16 yoshli o‘g‘il-qizlar ishtirok etgan, deb xabar berdi Nuz.uz.

Kitoblar - Sputnik O‘zbekiston
Jurnalist nigohi: adabiyot o‘gaylanib qoldimi?

Tadqiqotdan ma’lum bo‘lishicha, o‘smirlarning 43,7 foizi o‘quv adabiyotini o‘qish bilan cheklanar ekan. Har o‘n ishtirokchidan birining tan olishicha, o‘quv adabiyotidan boshqa kitob o‘qimaydi. Qatnashchilarning yarmi (o‘g‘il bolalar) ko‘pincha tengdoshlari bilan suhbat qurish, kompyuter o‘ynashni afzal biladi.

So‘rov natijalariga ko‘ra aksariyat o‘smirlar ota-ona ishtirokidagi oilada kamolga yetayotgani, bu ularning hayotiy va ta’lim olishdagi ehtiyojlari qondirilishi, umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalanishida yetakchi omil ekani ko‘rsatilgan.

Tadqiqot doirasida o‘smirlarning o‘quv dargohiga munosabati, baholash tizimi, o‘qituvchilar bilan muomalasi, ta’lim maskanidagi o‘quv-tarbiyaviy jarayon ham o‘rganilgan. "Maktabingizni yaxshi ko‘rasizmi?" degan savolga ularning 90,9 foizi ijobiy javob bergan. Mamlakat o‘smirlari o‘qishni hayotiy zarurat, deb hisoblaydi.

o‘quvchi - Sputnik O‘zbekiston
Ota-onalardan farzandi uyda dars tayyorlaydigan joyning fotosuratini so‘rashmoqda

Tadqiqot jarayonida o‘smirlarning maqsad va intilishlari ham o‘rganildi. O‘rta va yuqori sinf o‘quvchilarining deyarli hammasi (97,7 foiz) hayotdagi maqsadi va kelajakdagi rejalarini belgilab olgan.

Har ikki o‘quvchidan birining hayotdagi ideali, qahramoni ularning ota-onasi ekani ma’lum bo‘ldi. O‘zbekiston o‘smirlari o‘qituvchilari, taniqli siyosatchilar, jamoat arboblari, fan va madaniyat namoyandalariga o‘xshashni istaydi. Ishtirokchilarning o‘ndan biri sportchi va mashhur shaxslarga mehr qo‘ygan.

Yoshlarning aksar qismi o‘zlarini vatanparvar, deb biladi. Ularning fikricha, Vatanga muhabbat unga sadoqat bilan xizmat qilish, tinchlik va osoyishtalikni saqlash, ajdodlar merosini asrash, tarixi va madaniyatini bilish demakdir. Shu bilan birga, o‘smirlarning fikricha, vatanparvarlikning eng oliy ko‘rinishi uni himoya qilishga hamisha shay turishdir.

Yangiliklar lentasi
0