Ota-onalardan farzandi uyda dars tayyorlaydigan joyning fotosuratini so‘rashmoqda

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tisho‘quvchi
o‘quvchi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Maktab o‘qituvchilari o‘z o‘quvchilarining ota-onalaridan bolaning uyda qanday shug‘ullanishi tasvirlangan fotosuratlarni yuborishni so‘rashdi. Bu esa ota-onalarning tushunmovchiligiga sabab bo‘ldi

TOShKENT, 13 fev — Sputnik. Ayrimlar o‘qituvchilarning bu iltimosini darhol bajarib, fotosuratlarni Telegram orqali sinf rahbariga yuborishgan bo‘lsa, boshqalar bu iltimosni shaxsiy hayotga aralashuv, deb baholashdi, deb yozmoqda Nuz.uz.

Xalq ta’limi vazirligi ota-onalardan o‘qituvchilarning bu iltimosini xotirjam qabul qilishlarini so‘radi, chunki bu ijobiy maqsadni ko‘zda tutadi. O‘qituvchilar fotosuratlar orqali o‘quvchilarining sharoitlarini va ularning uyda dars tayyorlash uchun nimalarga muhtojligini aniqlashadi.

O‘qituvchilar yetarlicha sharoit bilan ta’minlanmagan, yordamga muhtoj bolalarni aniqlaganlaridan so‘ng ularning ro‘yxati tuman hokimliklari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga beriladi. Keyinchalik esa bu bolalar va ularning oilasiga qanday qilib yordam berish masalasi hal etiladi.

Vazirlik mazkur tadbir muhtojlarga manzilli yordam ko‘rsatish maqsadida o‘tkazilayotganini bildirdi. Biroq suratlarni taqdim etish ixtiyoriydir.

Agarda ta’lim muassasasi vakillari bolalar yoki ota-onalarga bosim o‘tkazsa, ular Xalq ta’limi vazirligining 1006 raqamli ishonch telefoniga yoki vazirning Virtual qabulxonasiga murojaat qilishlari mumkin.

Yangiliklar lentasi
0