Kim Chen Nam 5-yil oldin KXDR rahbaridan uni avf etishini so‘rab yolborgan

© AFP 2023 / STR / JOONGANG SUNDAY VIA JOONGANG ILBOKim Chen Nam, KXDR yetakchisining akasi
Kim Chen Nam, KXDR yetakchisining akasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Malayziya aeroportida vafot etgan Kim Chen Nam 2012-yilda o‘z ukasi - Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Indan - uni avf etishini so‘ragan, deb bayonot qildi Janubiy Koreya razvedka xizmati

TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Kuni kecha Malayziya politsiyasi KXDR yetakchisi Kim Chen Inning akasi vafoti haqida xabar tarqatgan edi. Qotillik ikki ayol tomonidan sodir etilgan. Ular qurol sifatida "zaharlangan ignalar"dan foydalanishgani aytilmoqda.

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In - Sputnik O‘zbekiston
OAV: 8 yoshga to‘lgan Kim Chen Inga ta’zim qilgan generallar hozir ham uning yonida
Janubiy Koreya Milliy razvedka boshqarmasi ma’lumotlariga muvofiq, aynan 2012-yilda Kim Chen Namga ilk bor su’iqasd uyushtirilgan. Ammo u muvaffaqiyatsiz kechgan. O‘shanda Kim Chen Nam o‘z inisi Kim Chen Inga maktub yozib, undan o‘zini va oilasini avf etishini so‘ragan.

"Men va oilamdan jazoni bekor qilishingni xohlayman. Bizning boradigan joyimiz yo‘q, biz qochib qutulishning yagona yo‘li — bu su’iqasdga qo‘l urish ekanligini bilamiz". Kim Chen Namning o‘z ukasiga yo‘llagan maktubi ehtimoliy matnidan Renxap agentligi iqtibos keltirgan, deb yozadi RIA Novosti.

AQSh hukumati fikricha, Shimoliy Koreya rahbarining akasi Kim Chen Nam Malayziya aeroportida KXDR agentlari tomonidan o‘ldirilgan.

Shimoliy Koreya Mehnat partiyasi Markaziy Qo‘mitasining birinchi kotibi Kim Chen In (o‘ngda ikkinchi) - Sputnik O‘zbekiston
OAV: Shimoliy Koreyada amaldorlar pulemot yordamida otib tashlandi
Ma’lumot uchun, Janubiy Koreya OAVlari KXDR rahbarining o‘ta vahshiyligi haqida muntazam ravishda xabar berib turadi. Misol uchun, 2015-yilning aprelida Renxap agentligi KXDR O‘rmon xo‘jaligi vaziri mamlakatda o‘rmonzorlarni qayta tiklash rejasini barbod qilgani tufayli qatl qilinganini yozgan edi. Oradan bir oy o‘tib, xuddi shu agentlik Shimoliy Koreya Qurolli kuchlar vaziri Xon Yon Chxol harbiy tadbir davomida mudrab qolgani uchun pulemotdan otib tashlangani haqida ommani xabardor qildi.

Yangiliklar lentasi
0