TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Shimoliy Koreya amaldorlarni ommaviy qatl qildi, deb xabar qilmoqda Janubiy Koreya; "Chunan ilbo" nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, Shimoliy Koreyaning ikki amaldori, shu jumladan, qishloq xo‘jalik vaziri ham zenit pulemot yordamida otib tashlangan. RIA Novosti agentligi Renxapga tayangan holda.
"Li Chon Ta’lim vazirligi rahbari bo‘lib ishlagan degan taxminlar yo‘q emas", — deya axborot bergan nashrga "Shimoliy Koreyaning ichki ishlaridan yaxshi xabardor bo‘lgan" manba.
"Men ega bo‘lgan ma’lumotlarga muvofiq, Shimoliy Koreya qishloq xo‘jaligi va ta’lim vazirlari Kim Chen Inning maxsus ko‘rsatmasiga binoan ommaviy ravishda qatl etilganlar", — deya iqtibos keltirgan "Chunan Ilbo" nashri suhbatdosh so‘zlaridan.
Manbaning ta’kidlashicha, qatl etish jarayoni Pxenyandagi harbiy akademiyada zenit pulemot yordamida amalga oshirilgan.
Manbaning ta’kidiga qaraganda, amaldorlardan biri Kim Chen Inga qarshi ko‘rsatma berganlikda, ikkinchisi esa Kim Chen In ishtirokidagi majlis vaqtida uxlab qolgani uchun oliy jazoga mahkum qilingan.