Seul shimoliy koreyaliklarga Kim Chen Nam qanday o‘lgani haqida karnaylar orqali aytib beradi

© Sputnik / Andrey Jarov / Mediabankka o‘tishShimoliy va Janubiy koreya o‘rtasidagi chegara
Shimoliy va Janubiy koreya o‘rtasidagi chegara - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Biz Shimoliy Koreya aholisiga va chegara yaqinida qarorgohlarga joylashtirilgan shimoliy koreyalik harbiylarga Kim Chen Namning zaharlangani haqidagi xabarni yetkazishni rejalashtirayapmiz", - deb iqtibos keltirgan yozgan Renxap agentligi Seul diplomatik va harbiy doiralaridagi yuqori martabali manbalarning so‘zlaridan

TOShKENT, 15 fev — Sputnik. Dushanba, 13-fevral kuni Malayziya aeroportida Shimoliy Koreya (KXDR) yetakchisi Kim Chen Inning akasi — Kim Chen Namga su’iqasd uyushtirilgan edi.

Kim Chen Nam, KXDR yetakchisining akasi - Sputnik O‘zbekiston
Kim Chen Nam 5-yil oldin KXDR rahbaridan uni avf etishini so‘rab yolborgan
"Biz Shimoliy Koreya aholisiga va chegara yaqinida qarorgohlarga joylashtirilgan shimoliy koreyalik harbiylarga Kim Chen Namning zaharlangani haqidagi xabarni yetkazishni rejalashtirayapmiz", — deb iqtibos keltirgan yozgan Renxap agentligi Seul diplomatik va harbiy doiralaridagi yuqori martabali manbalarning so‘zlaridan.

Suhbatdoshlar Kim Chen Namga uyushtirilgan su’iqasddan KXDR rahbarining xabarsiz qolishiga ishonish qiyinligini aytishgan.

Shu munosabat bilan Janubiy Koreya hukumati shimoliy koreyaliklarga su’iqasd haqida ovoz karnaylari orqali batafsil ma’lumot berishni rejalashtirgan. Seulga ko‘ra, bu orqali shimoliy koreyaliklar "zora mavjud rejimning butun vahshiyligini anglab yetadilar" degan fikrda.

Eslatib o‘tamiz, Kim Chen Namga nisbatan su’iqasd uning o‘z oilasi yoniga, Makaoga uchishi oldidan uyushtirilgan.

Turli taxminlarga ko‘ra, Kim Chen Namni zaharlangan ninalar bilan jarohatlab, unga zaharli suyuqlikni sepishgani yoxud yuziga zaharga namlangan tamponni tekkizgan bo‘lishlari mumkin.

"Politsiya ham ayol-agentlar tomonidan qo‘llanilgan modda sianiddan ko‘ra zaharliroq bo‘lganini tasdiqladi", — deb xabar qiladi RIA Novosti Gonkongning "Dunfan" portaliga tayangan holda.

Janubiy Koreya Prezidenti Pak Kin Xe. - Sputnik O‘zbekiston
Seul Shimoliy Koreya chegarasida 24 kilometr masofagacha “baqira oladigan” karnaylarni o‘rnatdi
Tergov xodimlarining taxminiga ko‘ra, shimoliy koreyalik yetakchining akasiga nisbatan su’iqasd qochib ketishga ulgurgan ikki ayol tomonidan uyushtirilgan. Janubiy Koreya razvedka xizmati taxminicha, gumonlanayotgan qotil ayollar Malayziya hududini tark etishmagan bo‘lishi mumkin.

Yaponiyalik mutaxassislar esa o‘z navbatida o‘zlariga kelib tushgan ma’lumot asosida su’iqasdda gumonlanayotganlar allaqachon o‘ldirilganini ma’lum qilishgan. AQSh esa Kim Chen Nam shimoliy koreyalik maxsus agentlar tomonidan o‘ldirilgan degan fikrni ilgari surmoqda.

Yangiliklar lentasi
0