Seul Shimoliy Koreya chegarasida 24 kilometr masofagacha “baqira oladigan” karnaylarni o‘rnatdi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishJanubiy Koreya Prezidenti Pak Kin Xe.
Janubiy Koreya Prezidenti Pak Kin Xe. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shimoliy Koreya chegarasida Seul tomonidan o‘rnatilgan karnaylaridan taralayotgan tashviqot eshittirishlar 24 kilometr masofagacha “taralib turadi”.

TOShKENT, 13 yanv — Sputnik, Ivan Zaxarchenko. Shimoliy Koreya chegarasida Seul tomonidan o‘rnatilgan ovoz karnaylaridan taralayotgan targ‘ibot eshittirishlarni 24 kilometr masofadan turib tinglash mumkin. Bunga javoban Shimoliy Koreya ham o‘z ovoz karnaylarini o‘rnatishga qaror qildi. Kamiga, Seulni targ‘ibot varaqalari bilan ko‘mib tashlamoqda, xabar qiladi RIA Novosti.

Shimoliy Koreyada vodorod bombasi sinovdan o‘tkazilishi Janubiy Koreyani hushor tortishga majbur qildi. KXDRning ushbu harakatiga qarshi Seul chegaraning o‘nlab nuqtalarida Pxenyanga qarshi tashviqot eshittirishlarini uzatuvchi ovoz karnaylarini o‘rnatdi. Bu haqda chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot-anjumanida Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe xabar qildi.

"Hukumatimiz bundan buyog‘iga, o‘z fuqarolarining xavfsizligini ta’minlash masadida, karnaylar ovozini kuchaytirsa-kuchaytiradiki, pasaytirmaydi. Toki Shimoliy Koreya ahliga haqiqat yetib borishi tarafdorimiz", — dedi Pak Kin Xe.

Janubiy Koreya prezidentining so‘zlariga qaraganda, "totalitar tuzumga qarshi eng ulkan kuch — bu haqiqat".

Shimoliy Koreya televideniyesi diktori vodorod bombasi sinovdan o‘tkazilganligi haqida xabar qilmoqda. - Sputnik O‘zbekiston
Shimoliy Koreya vodorod bombasini sinovdan o‘tkazdi

O‘tgan yilning avgust oyida Shimoliy Koreya Seul tomonidan o‘rnatilgan ovoz karnaylarini o‘q ochish orqali yo‘q qilishini aytib, po‘pisa qilganidan keyin ikkala tomon qiyinchiliklar bilan bo‘lsa-da bu karnaylarni olib tashlashga kelishib olishgan edi. Ammo bu safar, Seul karnaylaridan taralayotgan tashviqotlarni “o‘chirib qo‘yish” maqsadida Shimoliy Koreya o‘z  ovoz karnaylarini o‘rnatishga qaror qildi. 

Ronxap agentligi ma’lumotiga ko‘ra, chorshanba kuni Janubiy Koreya hududidan Shimoliy Koreya tomonidan uloqtirilgan 3300 ta tashviqot varaqalari topilgan. Varaqalarda Pxenyanga qarshi “ruhiy urush”ni bas qilishga chaqirilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0