Jamiyat

Euronews Aydarkoʻl oʻtovlari haqida koʻrsatuv namoyish qildi

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Telkanalning yangi reportajida, choʻl oʻrtasida qurilgan oʻtovlar va Aydarkoʻlda turistlar uchun koʻrsatilayotgan xizmatlar haqida hikoya qilingan.

TOSHKENT, 21 dek – Sputnik. Euronews telekanalining yangi reportajida, Navoiy viloyatida joylashgan Aydarkoʻl qirgʻoqlarida sayyohlar uchun maxsus tashkil qilingan xizmatlar haqida hikoya qilingan.

Samarqand, Buxoro va Xiva shahalarida sayyohlar asosan tarixiy obidalar va xalq amaliy sanʼati namunalari bilan tanishsa, Aydarkoʻl boʻyida Oʻrta Osiyo koʻchmanchi xalqlarining anʼanaviy hayot tarzi, choʻl tabiati va Aydarkoʻl goʻzalliklari bilan tanishish imkoniyati yaratilgan. Bu sayyohlarga Oʻzbekiston hududida turizmning turli shakllari bilan tanishish imkonini beradi.

Madaniyat
Euronews Nukus muzeyi haqidagi lavhani namoyish etdi

Telekanal muxbiri Sheymus Kerni aytishiga qaraganda, tuya minish va oʻtovda tunab qolish kabi xizmatlar sayyohlar orasida kundan-kunga ommaviylashib bormoqda. Dam olishning bunday turi – sayyohlarga insoniyatning qadimiy turmush tarzi bilan yaqindan tanishish imkonini beradi.

Choʻl oʻrtasida maxsus qurilgan, anʼanaviy kigiz va kashtalar bilan bezatilgan, bunday oʻtovlarda barcha qulay sharoitlar yaratilgan boʻlib u yerda sayyohlarni iliq kutib olishadi. Shuningdek bu yerda mehmonlar koʻchmanchi xalqlarning anʼanaviy taomlarini tatib koʻrishlari mumkin.

 

Yangiliklar lentasi
0