Shindzo Abe: O‘zbekiston - Markaziy Osiyoning yuragi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishYaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe
Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abe - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yaponiya Bosh vaziri Shindzo Abening aytishicha, Markaziy Osiyoning yuragida joylashgan O‘zbekiston G‘arb va Sharq o‘rtasidagi chorraha hisoblanadi

TOShKENT, 11 fev — Sputnik. "Yaponiya yuragi" gazetasi mazkur mamlakatda faoliyat ko‘rsatadigan shu nomdagi partiyaning rasmiy nashri hisoblanadi. Yaqinda ushbu gazeta sahifasida O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati va uning istiqbollariga bag‘ishlangan maqola bosilib chiqdi, deb xabar qilgan "Jahon" AA.

Unda Yaponiya parlamentida o‘zbek-yapon munosabatlariga bag‘ishlab o‘tkazilgan uchrashuv tafsilotlari atroflicha qalamga olingan.

O‘zbekiston Yaponiyaning hududdagi eng muhim sherigi
Maqolada bo‘lib o‘tgan tadbirda "Yaponiya yuragi" partiyasining yetakchisi, mamlakat parlamenti yuqori palatasining deputati Koko Nakayama, Bosh vazir Shindzo Abe va uning mahkamasi a’zolari ikki tomonlama aloqalarning bugungi holati va ularning istiqbollari haqida nutq so‘zlashgani ma’lum qilingan.

"Jumladan, Koko Nakayama o‘z chiqishida 2016-yil 2-sentabrda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov vafot etganini afsus bilan bilan yodga oldi. Bu qayg‘uli voqeani nafaqat o‘zbek xalqi uchun, balki butun dunyo uchun katta yo‘qotish, deb ta’riflar ekan, parlament deputati Islom Karimov siymosiga hamda uning davlat rahbari sifatidagi xizmatlariga yuqori baho berdi. Koko Nakayama O‘zbekiston Birinchi Prezidenti olib borgan siyosatga hamohang ravishda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlash va uning ko‘lamlarini kengaytirishga da’vat etdi", deb yozadi nashr.

O‘z navbatida, Yaponiya Bosh vaziri Shindzo Abe 2015-yilning oktabrida Toshkentga buyurgan tashrifini iliqlik bilan yodga olar ekan, O‘zbekistonda bo‘lgan chog‘ida Prezident Islom Karimov unga samimiy mehmondo‘stlik ko‘rsatganini qayd etdi.

Gazeta hukumat rahbarining "Men bir paytlari barpo etilishida yaponlar ishtirok etgan Alisher Navoiy nomidagi Davlat Akademik katta teatri mamlakatda ko‘z qorachig‘idek avaylab asralishidan g‘oyat ta’sirlandim", degan so‘zlarini ham qalamga olgan.

Maqolada Yaponiyaning Osiyo mintaqasi tashqi siyosiy strategiyasida O‘zbekiston muhim o‘rin tutishi Bosh vazir tomonidan alohida ta’kidlangani ham gazetxonlarning e’tiboriga havola qilingan.

Abdulaziz Kamilov, O‘zbekiston TIV rahbari - Sputnik O‘zbekiston
Kamilov: Yaponiya O‘zbekistonning sinalgan do‘sti va ishonchli hamkoriga aylandi
Shindzo Abening aytishicha, Markaziy Osiyoning yuragida joylashgan O‘zbekiston G‘arb va Sharq o‘rtasidagi chorraha hisoblanadi.

"Mamlakat mintaqada tinchlik va barqarorlik ta’minlanishida o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgani barobarida terrorizmga va xavfsizlik uchun boshqa tahdidlarga qarshi kurashda jahon hamjamiyatining ishonchli sherigi sifatida o‘zini namoyon qilmoqda".

"O‘z nutqining intihosida Bosh vazir o‘z hukumati bundan keyin ham O‘zbekiston bilan hamkorlikni kengaytirish niyatida ekanligini ma’lum qildi”, deb yozadi “Yaponiya yuragi” gazetasi.

Yangiliklar lentasi
0