Jizzaxda "Iyegova shohidlari" sektasiga qiziqqan qiz jazolandi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishSud belgisi
Sud belgisi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Iyegova shohidlari" tashkilotining faoliyati Xitoy, Turkmaniston, Tojikiston, Eron, Saudiya Arabistoni va boshqa qator mamlakatlarda taqiqlangan

TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Jizzaxlik M.Abdurahmonova "Iyegova shohidlari" sektasiga tegishli diniy mazmundagi videolavha va yon daftarchasida turli mazmundagi yozuvlar saqlab kelganligi sababli jarimaga tortildi. Bu haqda Jizzax viloyati hokimligi sayti xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, 1993-yilda tug‘ilgan M.Abdurahmonova o‘ziga tegishli bo‘lgan telefon apparatida "Iyegova shohidlari"ga tegishli diniy mazmundagi videolavha va yon daftarchasida turli mazmundagi yozuvlarni saqlab kelgan. Uning asraganlari huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida aniqlandi. Ushbu videolavhalarni tinglash, ko‘rish, tarqatish, olib yurish O‘zbekiston diniy idoralari tomonidan taqiqlangan.

Sud hukmi - Sputnik O‘zbekiston
Farg‘onada "jihodchilik" a’zosi jazosini oldi

Sud majlisida M.Abdurahmonova diniy mazmundagi videolavhalarni faqat o‘zi tinglaganligini, videomahsulotni hech kimga tarqatmaganligini bayon qildi. U bir yildan buyon "Bibliya" kitobini o‘rganib kelishini, unda Iyegovaning amrlari yozilganligini bildirdi. Shuningdek, u telefonida shu mazmundagi qo‘shiqlar borligini, ularni eshitib kelishini, bu ishlari noqonuniy ekanligini bilmaganligini bildirib, afv etishlarini so‘radi.

Sud ayblanuvchining muqaddam ma’muriy javobgarlikka tortilmaganligi, qilmishidan pushaymonligini inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan aybdor deb topib, unga eng kam ish haqining yigirma baravari miqdorida, ya’ni 2 million 995 ming 500 so‘m miqdorida jarima belgiladi. Unga tegishli telefon va yon daftarchasi tegishli tartibda yo‘q qilindi.

"Iyegova shohidlari" xalqaro diniy tashkilot bo‘lib, uning faoliyati Xitoy, Turkmaniston, Tojikiston, Eron, Saudiya Arabistoni va boshqa qator mamlakatlarda taqiqlangan. Tashkilotning bosh markazi AQShning Nyu-York shtatida joylashgan.

Yangiliklar lentasi
0