Pushkinni o‘ldirgan duel tarixi

© WikipediaPushkinning Dantes bilan dueli, Aleksey Naumov kartinasi
Pushkinning Dantes bilan dueli, Aleksey Naumov kartinasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
1837 yilning 8-fevralida Peterburg yaqinidagi Qora soy yonida buyuk rus shoiri Aleksandr Pushkin va fransuz fuqarosi Jorj Dantes o‘rtasida duel bo‘lib o‘tgan. Duelda olgan jarohati tufayli 10-fevral kuni Pushkin hayotdan ko‘z yumgan

TOShKENT, 10 fev — Sputnik. Pushkin va uning rafiqasi Natalya Goncharova sha’niga dog‘ tushiradigan anonim haqoratnoma duel sababchisi bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 1836-yilning 16-noyabrida Pushkin 3 nusxada anonim xatlar oladi. Ularda Pushkinning go‘sxo‘r er ekani, rus armiyasiga xizmatga qabul qilingan (gollandiyalik elchi baron Gekkern tomonidan o‘g‘il qilib asrab olingan) chet ellik  poruchik baron Jorj Dantes shoirning xotiniga xushtorlik qilayotganiga sha’ma qilingandi.

Pushkinning evaralari - Aleksandr Aleksandrovich va Mariya Aleksandrovna - Sputnik O‘zbekiston
Pushkinning evarasi Belgiyaga qanday qilib borib qolganini aytib berdi
Pushkin Dantesni duelga chaqiradi. Fransuz avvaliga chaqiriqqa rozi bo‘ladi, ammo baron Gekkern orqali duelni 15 kunga kechiktirishni so‘raydi. Bu vaqt davomida Dantesning o‘z qaynsinglisi — Yekaterina Goncharovaga sovchi qo‘ygani haqida bilib qolgan Pushkin o‘z chaqirig‘ini qaytib oladi. 1837-yilning 22-yanvarida to‘y bo‘lib o‘tadi.

Ammo mish-mishlar bolalashdan to‘xtamaydi. Pushkin suyukli yori Natalyaning ko‘nglini ovlashda davom etayotgan Dantesga va ikki o‘rtada fitna qo‘zg‘ayotgan baron Gekkernga nisbatan nafratini juda keskin namoyish eta boshlaydi. 

Oxir-oqibat sabri tugagan shoir Gekkernga o‘ta haqoratli mazmunda xat yo‘llaydi. Gekkern esa Dantes nomidan uni duelga chorlaydi.

8 fevral kuni Peterburg yaqinidagi Qora soy yonida, kech soat beshda duel ro‘y beradi. Dantes tomonidan Fransiya elchixonasining kotibi — vikont Loran dAshirak, Pushkin tomonidan esa shoirning litsey davridagi o‘rtog‘i — podpolkovnik Konstantin Danzas sekundantlik qilishadi.

Rus shoirining qat’iy talabi — duel albatta o‘lim bilan yakun topishi va raqiblarning birontasiga jon saqlab qolish imkonini bermasligi lozim edi: Pushkin va Dantes o‘rtasidagi to‘siq oralig‘i o‘n qadamni tashkil qilib, to‘siqqacha bo‘lgan istalgan masofadan o‘q otishga ruxsat berilgandi.

Islom Karimov va Putin Toshkentdagi Pushkin haykali poyiga gul qo‘yishdi - Sputnik O‘zbekiston
Islom Karimov va Vladimir Putin Toshkentdagi Pushkin haykali poyiga gul qo‘yishdi
Dantes birinchi bo‘lib o‘q uzadi va Pushkinni qornining o‘ng tomonidan yaralaydi. Shoir o‘ta og‘ir jarohat oladi. U yiqiladi, ammo sal o‘tmay qo‘liga tayanib, o‘rnidan turadi va Dantesni to‘siq yaqiniga chorlaydi.

Mo‘ljalga olib, o‘q uzadi. Raqibi yiqilganini ko‘rgach, "Ofarin!", deya qichqiradi. Ammo Dantesning jarohati xavfli emasdi; ko‘ksiga qarata uzilgan o‘q, Dantesning qo‘lini yalab o‘tgandi, xolos (fransuz ko‘ksini qo‘li yordamida to‘sib qolgan edi).

Yaralangan Pushkin o‘z kvartirasiga olib kelinadi. Shoir suyukli rafiqasi havotir oldirmaslik uchun chekayotgan zahmatlarini unga bildirmaslikka harakat qiladi. Sal vaqt o‘tib taklif qilingan shifokorlar fojia muqarrarligiga iqror bo‘ladilar va Pushkinga haqiqatni aytadilar.

Shoirning uyiga ruhoniy chaqiriladi.

Ikki kunlik azob-uqubatni matonat bilan o‘tkazgan Aleksandr Pushkin 10-fevral kuni do‘stlari davrasida hayotdan ko‘z yumadi.

Shoirning jasadi solingan tobut ikki kun kvartirada qoldiriladi, bu vaqt oralig‘ida turli tabaqaga mansub insonlar Pushkin bilan xayrlashishga keladilar.

Toshkentda Pushkin tug‘ilgan kuni va rus tili kunini nishonlash - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda Pushkin tug‘ilgan kuni nishonlandi
Pushkinning o‘limi aksariyat rossiyaliklar tomonidan milliy fojia sifatida qabul qilingan, va bu holat Mixail Lermontov, Fedor Tutchev, Aleksey Kolsov singari shoirlarning ijod mahsullarida o‘z ifodasini topgan.

Aleksandr Pushkin bilan dueli uchun Dantes-Gekkern rasman otuvga hukm qilingan bo‘lsa-da, ammo bu keyinchalik Rossiyadan deportatsiya qilish qaroriga almashtirilgan.

Turmush o‘rtog‘ining dueldagi ishtirokidan xabarsiz qolgan Natalya Goncharova esa shoir o‘limidan yetti yil o‘tib, 1846-yilda general Petr Lanskoyga turmushga chiqqan…

Tarjimon Dilshoda Rahmatova.

Yangiliklar lentasi
0