TOShKENT, 24-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov hamda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Toshkentdagi Pushkin nomidagi xiyobonga tashrib buyurib, shoir haykali poyiga gul qo‘yishdi.
Davlat rahbarlari Aleksandr Pushkin haykalini ShHT sammiti yakunlangach ziyorat qilishgan.
Pushkinning bronzadan ishlangan haykali Toshkent shahrida 1974-yili, shoirning 175-yillik yubileyi munosabati bilan o‘rnatilgandi. Avvaliga haykaltarosh Mixail Anikushkin o‘z asarini Pushkin ko‘chasidai kichik xiyobonga o‘rnatgandi. 2015-yilda Pushkin yodgorligi restavratsiyadan so‘ng sobiq Teatr maydoniga ko‘chirilgan va mazkur maydon Pushkin xiyoboni nomi bilan atala boshlangan edi.