Mirziyoyev yangi qonunlarni xalqqa tok-shoular orqali yetkazishni buyurdi

© IA "Jaxon"O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Endilikda qonunlarning mazmun-mohiyatini aholiga samarali tushuntirish ishlari mas’ul davlat organlari tomonidan media-rejalar ishlab chiqish, huquqiy targ‘ibot bo‘yicha guruhlar tuzish, turkum tele, radioko‘rsatuvlar tashkil qilish, OAVda maqolalar, axborot materiallari e’lon qilish va boshqalar orqali amalga oshiriladi

TOShKENT, 9 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-fevral kuni "Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi" qarorga imzo chekdi.

Shavkat Mirziyoyevning Toshkent shahridagi xalq qabulxonasiga tashrif buyurishi - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: "Xalq qabulxonalari - adolat zamini bo‘lsin"
Mustaqillik yillarida mamlakatda qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni tarqatish, nashr etishni tashkil qilish, normativ-huquqiy hujjatlar matnlarini "O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi"da leks.uz saytida joylashtirish bo‘yicha ishlarning samaradorligini oshirishga qaratilgan salmoqli chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Shu bilan birga huquqiy axborotni tarqatish va huquqiy targ‘ibot o‘tkazishning amaldagi tizimini tanqidiy tahlil qilish bu sohada muayan kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatdi.

Xususan, qonun hujjatlarini, jumladan, rasmiy tarqatmalarni tarqatishning yagona mexanizmi va tartibi mavjud emas edi, normativ-huquqiy hujjatlar sharhlarsiz, konsepsiyasiz va boshqa axborot materiallarisiz nashr etilar, davlat organlarining huquqiy targ‘ibot bo‘yicha faoliyatini samarali muvofiqlashtirish bo‘yicha choralar belgilanmagan edi.

Endilikda qonunlarning mazmun-mohiyatini aholiga sifatli va samarali tushuntirish maqsadida targ‘ibot tadbirlari va tushuntirish ishlari mas’ul davlat organlari tomonidan media-rejalar ishlab chiqish, huquqiy targ‘ibot bo‘yicha guruhlar tuzish, turkum tele, radioko‘rsatuvlar tashkil qilish, OAVda maqolalar, axborot materiallari e’lon qilish va boshqalar orqali amalga oshiriladi.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev hokimlarga jarima solishni taklif qildi
Xususan, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, Elektron ommaviy-axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi va O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasiga qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mohiyati va ahamiyatini yetkazish bo‘yicha  qonun hujjatlariga mustaqil ekspertlar, mutaxassislar va aholining fikri va munosabatini aks ettiruvchi tahliliy tok-shoular, munozaralar, bahslar hamda qonun hujjatlari va huquqni qo‘llash amaliyotini keng muhokama qilishning boshqa zamonaviy shakllarini joriy qilishni nazarda tutuvchi Kompleks dasturni ishlab chiqish va tasdiqlash buyurildi.

Qaror bilan shuningdek qonun hujjatlarini tarqatish tartibi va muddatlari aniq bayon etilgan qonun hujjatlarini tarqatish, ularning mohiyati va ahamiyatini ijrochilar va aholiga tushuntirish sxemasi tasdiqlanmoqda.

Adliya vazirligiga normativ-huquqiy hujjatlarni barcha davlat organlari va tashkilotlariga tezkor yetkazish vazifasi yuklatilmoqda.

Bundan buyon barcha normativ-huquqiy hujjatlar imzolangan kuni axborot-tahliliy materiallari bilan birga qog‘oz va elektron shaklda Adliya vazirligiga yuboriladi, Adliya vazirligi esa bir kunlik muddatda normativ-huquqiy hujjatlarni va tegishli axborot-tahliliy materiallarni elektron shaklda Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilab beriladigan ro‘yxat bo‘yicha barcha davlat organlari va tashkilotlariga yetkazilishini ta’minlaydi.

Shu bilan birgalikda, Adliya vazirligi yangi qabul qilingan hujjatlarni Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasiga bir kunlik muddatda joylashtiradi va har hafta O‘zbekiston Respublikasining Qonun hujjatlari to‘plamida e’lon qilib boradi.

Yangiliklar lentasi
0