Shavkat Mirziyoyev hokimlarga jarima solishni taklif qildi

© FacebookShavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti topshiriqni bajargan hokimlar har oyligiga 15% qo‘shimcha to‘lash, topshiriqni bajarmaganlarga esa ushbu miqdorda jarima solishni taklif qildi.

TOShKENT, 16 yanv — Sputnik. Davlat rahbarining fikriga ko‘ra, aholi bandligi sohasida hokimlar va ularning birinchi o‘rinbosarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish kerak, deb xabar qilmoqda nuz.uz sahifasi.   

Shavkat Mirziyoyev, yangi ish o‘rinlari tashkil qilish bo‘yicha topshiriqni bajargan hokimlarga oylik 15% ustama pul to‘lash, topshiriqni bajarmaganlar oyligidan esa – 15 % jarima ushlab qolishni taklif qilidi.

Hokimlarning birinchi o‘rinbosarlariga nisbatan ham xuddi shunga o‘xshash jazo va taklif qilindi. Faqat ularning oyliklaridan 20% ushlab qolish taklif qilindi.

2016 yil yakunlariga bag‘ishlangan, Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisida Shavkat Mirziyoyev Hukumat ishini, ayrim vazirlarni va javobgar rahbarlarni keskin tanqid qilgan edi.

Xususan, Mirziyoyev Bosh vazirning ikki o‘rinbosari “O‘zavtoprom” AJ raisi Ulugbeku Rozukulov va yonilg‘i-energetikasi sohasiga javobgar G‘ulomjonu Ibroximovlarga hayfsan berildi. “O‘zneftmahsulot” kompaniyasi rahbari Baxtiyor Sultanov va "O‘zeltexsanoat" rahbari Erkin Iminovlar iste’foga chiqarilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0