Mirziyoyev: "Hozirgilardan nima qoldi 20-yilda?"

Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash tizimidagi muammolar va sohaning rivojlanish istiqbollariga bag‘ishlangan yig‘ilishda mazkur soha faoliyatini keskin tanqid qildi

TOShKENT, 8 fev — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash tizimidagi muammolar va sohaning rivojlanish istiqbollariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida mazkur soha faoliyatini tanqid qildi. Bu haqda "Kun.uz" sayti xabar bermoqda.

"O‘tgan yili kasal chaqaloqlar tug‘ilish foizi shunchaga kamaydi… Qanday foiz Galina Karimovna? Men Ichki ishlar vazirligi rahbarini nimaga o‘zgartirdim. Bizda bunday holatlar kuzatilmasligi uchun. Ya’ni, jinoyatchilikni keskin ravishda kamayishi. Buning uchun nima kerak? Profilaktika. Nimani? Huquqbuzarlikni. Tibbiyot nima bilan farq qiladi? Xuddi shu. Odamlar kechasi qachon tinch uxlaydilar? Qachonki, uchastka inspektori ko‘chada yurganini ko‘rishsa. Oilaviy poliklinikalar ochiq — borib qon topshiradi. Denovdan qon topshirish uchun esa u Termizga boradi. Termizda qon topshiradi! U kelsa, hamma yer yopiq: Soat o‘ndan keyin yopildi! U yana qaytib ketishga majbur. 100 kilometr", — dedi Mirziyoyev.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev hind kinolarini ko‘rsatish o‘rniga muammolarni ko‘tarish kerakligini aytdi

Prezident sog‘liqni saqlash tizimida aholini qiynayotgan muammolarga batafsil to‘xtaldi.

"Nima uchun u xususiy sektorga boradi? Chunki u yerda uni qabul qilishadi. U yerda hamma narsaga pul to‘laydi. Biz qayerga qarab ketmoqdamiz? Virtual qabulxona yaratdik, deymiz. Nima uchun odamlar kasalxonalarda navbatlarda turibdi, nima uchun hamma narsaga pul to‘lashadi? Hamma narsaga — joyga, ukolga, dori-darmon, "xushmuomala"ga pul to‘lashadi Adham Ilhomovich.

Sobiq rahbarlar yo‘q joyda yangi ToshMI qurishdi. Oldingi rahbarlardan yangi ToshMIlar qolgan. Hozirgilardan nima qoldi 20-yilda? Kechirasizlar-ku, faqat g‘o‘ddayish. Nima uchun men bu so‘zlarni aytmoqdaman. Bir-birini himoya qilishni bas qilish kerak. Alimov Sog‘liqni saqlash vaziri bo‘lganda, biz vazirlikni butunlay o‘ldirdik. Bu mening ham aybim. Adham Ilhomovich yosh, sadoqatli kadrlarni ishga olish lozim", degan Shavkat Mirziyoyev.

Yangiliklar lentasi
0