O‘zbekistonda ishlab chiqilgan dorilar narxi 44 % gacha tushirildi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishDori vositalari
Dori vositalari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident farmoniga binoan 2017-yildan boshlab, mahalliy va import qilinadigan dorilar ustamasining maksimal hajmi cheklandi.

TOShKENT, 19 yanv – Sputnik. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Dori vositalari sifatini nazorat qilish Boshqarmasi boshlig‘i Habibullo Jalilov aytishiga qaraganda, 2017-yil boshidan buyon belgilangan narxda sotilayotgan, O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dorilar va tibbiy mahsulotlar narxi kamaygan.

“Cheklangan narxlarda sotuvga chiqariladigan mahalliy dori vositalari va tibbiy buyumlarning 2016 va 2017-yillar uchun taqqosiy jadvali mahalliy dori vositalarining narxi 8% dan 44% gacha pasayganligini ko‘rsatdi. Demak, xalqimiz endi mahalliy dori vositalari va tibbiy buyumlarini sezilarli darajada past narxlarda xarid qilish imkoniga ega bo‘ldi”, — deyilgan rasmiy xabarda.

Shuningdek, Jalilov aytishiga qaraganda, 2017-yilning 1-yanvaridan boshlab respublikamizdagi barcha 5500 ga yaqin dorixonalarning “Iste’molchilar burchagi” tashkil etilib, unda barcha dorixonalar uchun majburiy bo‘lgan eng zarur dori vositalari va tibbiy buyumlarning minimal ro‘yxati, retseptsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxati, belgilangan narxlarda sotiladigan dori vositalari va tibbiy buyumlarning cheklangan narxlari, cheklangan narxlarda sotuvga chiqariladigan mahalliy dori vositalari va tibbiy buyumlarning 2016 va 2017-yillar uchun taqqosiy jadvalini osib qo‘yilishini ta’minlanmoqda.

Dori vositalari - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda dori vositalarini tayinlashda yangi qoidalar joriy etildi

Eslatib o‘tamiz,   Prezidentining “Aholini dori-darmonlar va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori 2017-yilning 1-yanvaridan e’tiboran kuchga kirdi.

Ushbu qaror aholi va davolash-profilaktika muassasalarini aholi o‘rtasida keng tarqalgan kasalliklarni davolashda qo‘llaniladigan yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan sifatli va arzon dori vositalari bilan ta’minlashga qaratilgan. Qarorga muvofiq, 2017-yilning 1-yanvaridan dorilar narxini belgilashda yangi tartib-qoida joriy etildi. Endilikda mahalliy yoki import qilnadigan dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlarini ulgurji va chakana sotish ustamasi 15 va 20 foizdan ortiq bo‘lmasligi kerak.

Undan tashqari tibbiyotda keng qo‘llaniladigan, ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan 300 dan ortiq dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari uchun belgilangan narxlar joriy etildi. Narxlar Respublika komissiyasi tomonidan yilning har choragida belgilanadi.

Yangiliklar lentasi
0