TOShKENT, 3 fev — Sputnik. "Toshkent" markaziy seysmostansiyasi ma’lumotiga ko‘ra, 2017-yil 2-fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:35 da Jizzax shahrida 2 ball, Samarqand shahrida 2 balli yer silkinishi qayd qilindi. Bu haqda Respublika Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Zilzila episentri Toshkent shahridan 204 km g‘arbiy yo‘nalishda O‘zbekiston Respublikasi Jizzax viloyati hududida joylashgan bo‘lib, magnitudasi M=4.2 ni tashkil etgan.
Sodir bo‘lgan yer silkinishi natijasida ijtimoiy obyektlar va aholi turar-joy binolariga talofat yetganligi to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmagan.
Eslatib o‘tamiz, sal oldin yer silkinishi qayd qilinishi bilan internet foydalanuvchilari bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda yozishgani haqida ma’lumot bergan edik.