Jamiyat

Oʻzbekistonda har bir bino zilzilabardoshlikka tekshiriladi

© Sputnik / V. Kalinin / Mediabankka oʻtishZilzila natijasida vayron boʻlgan bino
Zilzila natijasida vayron boʻlgan bino - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekistonda bino va inshootlarning seysmik jihatdan xavfsizligini taʼminlovchi keng koʻlamdagi ishlar amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, "Seysmikxavfsizlik toʻgʻrisida" yangi qonun ishlab chiqilishi kutilmoqda.

TOSHKENT, 22 apr — Sputnik. Oʻzbekistonda aholini, shuningdek, sanoat-fuqaro imoratlarini, turar joy binolari hamda ijtimoiy-maishiy obʼyektlarni zilzilalardan himoya qilish boʻyicha bir qator chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda, deb xabar qildi juma kuni Favqulodda holatlar vazirligi rahbarining birinchi oʻrinbosari, polkovnik Komiljon Oripov.

Aholini favqulodda holatlarga tayorgarligini oshirish haqida amaliy seminar - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
FHV aholining yer qimirlashiga tayorgarligini tekshirdi

Oripovning soʻzlariga koʻra, Hindiqushi hududida roʻy bergan bir qator zilzilalar va keyingi paytlarda kuzatilayotgan yuqori seysmik faollik tufayli aholi oʻrtasida kuchaygan havotirdan soʻng, Oʻzbekiston hukumati aholi va bino-inshootlar xavfsizligini taʼminlash boʻyicha bir qator qoʻshimcha chora-tadbirlarni ishlab-chiqish haqida qaror chiqardi.

"Turli vazirlik va muassasalarning 40 nafar vakillaridan iborat maxsus ishchi guruhi tashkil etilib, ular tomonidan sinchkovlik bilan olib borilgan ishlardan soʻng, aholini zilzila vaqtida yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarda harakat qilish kompleks dasturi ishlab chiqildi. Ushbu hujjatda, shuningdek, “Seysmik xavfsizlik toʻgʻrisida” yangi qonunni ishlab chiqish koʻzda tutilgan”, — deb taʼkidladi FHV vakili.

Ayni paytda dastur kelishuv bosqichida, Dastur tadbirlarini amalga oshirish uchun sarf-xarajatlar davlat byudjeti mablagʻi hisobidan moliyalashtiriladi.
Tayyorlanayotgan hujjatning eng muhim jihatlaridan biri shuki u Oʻzbekistondagi barcha binolarning zilzilabardoshlikka tekshirilishi va pasportlashtirilishi mexanizmini ishlab chiqilishini nazarda tutadi. Natijada, mutaxassislar obʼyektlarning shu kundagi  holati hamda ularning turli seysmik faolliklarga bardoshliligi haqida aniq maʼlumotga ega boʻladilar.
Xuddi shunday amaliyot Oʻzbekistonda umumtaʼlim maktablariga nisbatan 2010-2015 yillarda amalga oshirilgan edi. Tadqiqotlar natijasida, oʻsha vaqtda maktablarning 4,3% buzib, boshqatdan qurilishga, 24,2% kapital taʼmirga, 29,3% kapital taʼmirlanishga va 42,2% shu yilgi taʼmirga muhtojligi aniqlangan edi.

Yangiliklar lentasi
0