Janubiy Koreya muvaqqat prezidenti Mirziyoyevga maktub yo‘lladi

© AFP 2023 / JUNG YEON-JEXvan Gyo An, Janubiy Koreya prezidenti vazifasini bajaruvchi
Xvan Gyo An, Janubiy Koreya prezidenti vazifasini bajaruvchi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koreya Respublikasi prezidenti vazifasini bajaruvchi Xvan Gyo An Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi

TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. Siz bilan 2017-yil 5-yanvar kuni telefon orqali muloqotimiz chog‘ida Koreya Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro ishonch va hamkorlikni mustahkamlash prinsiplari, shuningdek, shaxsiy do‘stona munosabatlarimizni rivojlantirish tarafdori ekanimizni tasdiqlaganimiz alohida ahamiyatga ega ekanini mamnuniyat bilan ta’kidlayman, deb yozgan Xvan Gyo An o‘z maktubida. "Jahon" AA xabari asosida.

Janubiy Koreya respublikasi milliy bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Janubiy Koreya bilan hamkorlikni muhokama qildi
"Joriy yilda mamlakatlarimiz o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 25-yil to‘ldi. 2006-yil Koreya Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi Strategik sheriklik to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiyani imzoladi va shundan buyon mamlakatlarimiz siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa ko‘plab sohalarda o‘zaro manfaatli va istiqbolli hamkorlikni izchillik bilan kengaytirib kelmoqda.

O‘tgan yili samarali hamkorligimizning yorqin namunasi bo‘lgan Surg‘il koni negizida Usturt gaz-kimyo majmuasini qurish loyihasi muvaffaqiyatli nihoyasiga yetkazildi. Neft-kimyo sohasida birgalikda amalga oshirilayotgan boshqa loyihalar, shuningdek, kelajakda hayotga tatbiq etiladigan yangi loyihalar ham mamlakatlarimizning samarali hamkorligini yanada kengaytirishga xizmat qilishiga ishonaman.

Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreyaga taklif qilindi
Diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25-yilligi, koreyslarning Markaziy Osiyoda yashayotganining 80-yilligi Koreya Respublikasi bilan O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlashda muhim omil hisoblanadi. O‘zaro hamkorlik doirasida barpo etilayotgan Koreys madaniyati va san’ati uyi xalqlarimizni yanada yaqinlashtirishda muhim ahamiyat kasb etishiga ishonchim komil.

Janobi Oliylari, Sizga mustahkam sihat-salomatlik, O‘zbekiston Respublikasiga cheksiz farovonlik tilayman", — deya o‘z maktubiga yakun yasagan Xvan Gyo An.

Yangiliklar lentasi
0