TOShKENT, 8 noya — Sputnik. 2016-yilning 7-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Koreya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Kvon Yon U bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.
Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreya O‘zbekistonning eng yirik investorlaridan biri hisoblanadi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda Koreya tomonidan O‘zbekistonga kiritilgan sarmoyalar miqdori 7 milliard dollarni tashkil qiladi. O‘zbekistonda Koreya bilan hamkorlikda 400dan ziyod qo‘shma korxonalar tashkil qilingan.
Sentabr oyi oxirida Janubiy Koreyaning Iqtisodiy rivojlanish hamkorligi jamg‘armasi (EDCF) O‘zbekiston hukumatiga transport sektoridagi loyihalar realizatsiyasi uchun 250 million dollar ajratishi xabar qilingan edi.