TOShKENT, 29 yanv — Sputnik. Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga qilgan safari davomida ushbu viloyatda Rossiyaning yirik tibbiyot markazlari filiallari ochilishi ma’lum bo‘ldi, deb xabar qilmoqda Podrobno.UZ nashri.
Respublika kardiologiya ixtisoslashgan markazining Xorazm filiali huzurida Bakulev nomidagi Rossiya ilmiy-amaliy yurak-qon tomir xirurgiyasimarkazining filiali ochiladi. Eslatib o‘tamiz, ushbu markazga nafaqat Rossiyada balkim butun dunyoga mashhur xirurg Leo Bokeriya boshchilik qiladi.
Ushbu tadbir Qoraqalpog‘iston respublikasi Xorazm va Buxoro viloyatlari aholisiga yuqori sifatli ixtisoslashgan xizmat ko‘rstish imkonini beradi. Klinikada yiliga 3 mingdan ortiq yurak va qon tomirlari kasalliklari bilan kasallangan bemorlar va yangi tug‘ilga chaqaloqlar yurak kasalliklarini diagnostika qilish va davolash imkonini paydo bo‘ladi.
Toshkent Meditsina akademiyasining Urganch filiali va Pavlov nomidagi Sankt-Peterburg Davlat tibbiyot akademiyasi orasida ham hamkorlik munosabatlari yo‘lga qo‘yiladi. Bu yerda endokrinologiya, otolaringologiya, gematologiya, allergologiya bo‘limlari filiallari bo‘limlari ochildi.
Shavkat Mirziyoyev aytishiga qaraganda, ushbu ikki tibbiy muassasa Orolbo‘yi hududida yashayotgan aholi uchun ulkan tarixiy va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘ladi. Ushbu tashabbus hududda ko‘p uchraydigan kasalliklarni samarali davolashi va tibbiyot o‘qituvchilari va xodimlari malakasini oshirishda ulkan hissa qo‘shadi.