O‘zbekiston shifoxonalariga Rossiyaning "Shvabe" tibbiyot texnologiyalari keltiriladi

© Sputnik / Pavel Lisisin / Mediabankka o‘tishtug‘ruqxona
tug‘ruqxona - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dastlabki tibbiyot jihozlari shu yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston tibbiyot muassasalariga yetkazib beriladi

TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Rossiyaning "Shvabe" xoldingi O‘zbekistonda uchta tibbiyot uskunasini ro‘yxatdan o‘tkazdi, bu esa mamlakat klinikalarini tibbiy jihozlar bilan ta’minlash bo‘yicha keng miqyosdagi loyihalarni amalga oshirishga imkon beradi, deb xabar bermoqda xolding matbuot xizmati.

Shu yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston tibbiyot muassasalariga o‘pkada sun’iy ravishda havo aylanishini ta’minlash, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning nafas olishini respirator qo‘llab-quvvatlash uskunalari va chaqaloqlar intensiv terapiyasi inkubatori yetkazib beriladi.

"Biz uzoq yillardan buyon O‘zbekiston va Qozog‘iston bilan tibbiyot yo‘nalishida hamkorlik qilib kelamiz. Tibbiyot jihozlarining ro‘yxatdan o‘tkazilishi mahsulotlarimiz sifati yuqori ekanligini tasdiqlash bilan birga ushbu mamlakatlar klinikalarini jihozlash bo‘yicha yirik miqyosdagi loyihalarni amalga oshirish imkonini beradi", — dedi "Shvabe"ning bosh direktori o‘rinbosari Ivan Ojgixin.

Yuqoridagi jihozlar shuningdek, Qozog‘istonga ham yetkazib beriladi.

Kompaniya matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, hozirda "Shvabe" ikki yuzdan ortiq nomdagi tibbiyot jihozlarini ishlab chiqaradi.

Yangiliklar lentasi
0