Tekshiruv davom etmoqda: Mirziyoyev navbatdagi safarini Xorazmga uyushtirdi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda iqtisodiy-ijtimoiy islohotlarning borishi, bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishish va xalq bilan muloqot qilish maqsadida 27-yanvar kuni Xorazm viloyatiga safar uyushtirdi

TOShKENT, 28 yanv — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yilning 11-noyabrida Shovot tumanida bo‘lib o‘tgan saylovoldi uchrashuvida respublikaning barcha hududlari singari Xorazm viloyatini ham tubdan yangilash hamda viloyatning turli jabhalariga oid aniq rejalarni bayon etgan edi.

"Davlatimiz rahbarining Xorazm viloyatiga tashrifi ana shu rejalar qanday amalga oshirilayotgani bilan tanishish, hudud taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarish masalalariga bag‘ishlandi", — deb xabar qilgan O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

Xabarda aytilishicha, Mirziyoyev viloyatga tashrifini Xivadagi Ichan-qal’a majmuasidan boshlagan. Prezident Pahlavon Mahmud maqbarasini ziyorat qilgan.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev xonadonlarga kirib, xalq turmush sharoitlari bilan yaqindan tanishdi
Mirziyoyev o‘z tashrifini insoniyatning bebaho boyligi sifatida YuNESKOning jahon merosi durdonalari ro‘yxatiga kiritilgan majmuadan boshlagani bejizdan emas.

Sababi, prezident, 2016-yil 2-dekabrda "O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzolagan edi.

Muzey-qo‘riqxona — Ichan-qal’a majmuasi o‘zbek xalqi tarixi, madaniyati, ilm-fani, qadimiy me’morlik va hunarmandlik an’analarini mujassam etgan. Muzey fondida 38 ming 561 eksponat bor.

© Dan LundbergIchan Qal’a
Ichan-Kala - Sputnik O‘zbekiston
Ichan Qal’a

Xorazmda bunday tarixiy yodgorliklar, diqqatga sazovor joylar juda ko‘p. Ular zamon talablari asosida ta’mirlanib, sayyohlar uchun zarur sharoitlar yaratilayotgani natijasida viloyatda turizm izchil rivojlanib bormoqda.

Mirziyoyev Matniyoz Devonbegi madrasasida Xiva shahrining tarixiy qismida amalga oshiriladigan bunyodkorlik ishlari rejasi, Isfandiyorxon qabul marosimlari uyi va Nurillaboy saroy majmuasini rekonstruksiya qilish loyihalari bilan tanishgan.

Prezident Xorazmning turizm borasidagi imkoniyatlarini to‘liq ishga solish, yangi yo‘nalishlar tashkil etish va ularni jahon bozorlarida targ‘ib qilish, mehmonxonalar va transport infratuzilmasini rivojlantirish zarurligini ta’kidlagan.

Shuningdek, Urganchdan Xivagacha temir yo‘l va Xiva shahrida zamonaviy vokzal barpo etish, bu yo‘lda elektropoyezdlar, kelgusida yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" tezurar poyezdi qatnovini yo‘lga qo‘yish lozimligini aytgan. Shaharning turizm jozibadorligini oshirish maqsadida saylgoh ko‘chalar tashkil etish va kechki sayr imkoniyatini yaratish, ularda o‘zbek milliy urf-odatlari va ko‘ngilochar dasturlarni namoyish qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan.

Vand kompaniyasi menedjeri - Irina Medvedeva - Sputnik O‘zbekiston
Turizm eksperti: O‘zbekistonda tomosha qiladigan narsa ko‘p

Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan suhbatda tarmoqda xalqaro hamkorlikni kengaytirish orqali xorijlik sayyohlarni ko‘proq jalb qilish, xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, sohaga ixtisoslashgan mutaxassislar tayyorlash va malakasini oshirish, suvenir ishlab chiqaradigan korxonalarni ko‘paytirish masalalari muhokama etilgan va soha mutasaddilariga tegishli topshiriqlar berilgan.

Yangiliklar lentasi
0