TOShKENT, 21 yanv — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yilning o‘tgan yilning noyabrida saylovoldi dasturi bilan Qoraqalpog‘istonning Shumanay tumanida bo‘lgan va "Bundan buyon har bir tuman va shaharga, kerak bo‘lsa, chekka-chekka qishloq va ovullargacha kirib boramiz. U yerda istiqomat qilayotgan odamlarning dardini eshitamiz, muammolarini hal qilishga qaratilgan dasturlar ishlab chiqamiz va ijrosini qat’iy nazoratga olamiz", deb aytgan edi.
Mirziyoyev O‘zbekiston xalqining hayot darajasi bilan yaqindan tanishish, xalq bilan uchrashish va muloqot qilish maqsadida 20-yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurdi, deb xabar qilgan O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.
Prezident respublikadagi shifoxonalar sharoiti bilan ham tanishgan. Shifokorlar bilan muloqotda malakali tibbiy kadrlar yetishtirish, shifoxonalar qurishda har bir hududning o‘ziga xos iqlim sharoitidan kelib chiqish masalalari yuzasidan fikr almashgan.
Prezident odamlar boshlangan o‘zgarishlarni o‘z hayotida his qilishi uchun joriy yil yakunigacha 40 ko‘p qavatli turar-joy binosi barpo etish va foydalanishga topshirish to‘g‘risida ko‘rsatma bergan.
Mirziyoyevning Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davom etmoqda.