Ekspert Afg‘oniston muammosini hal qilishning uch shartini sanab o‘tdi

© Sputnik / StringerSherzod Abdullayev
Sherzod Abdullayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ekspert Afg‘oniston muammosini hal qilishning uch shartini sanab o‘tdi

TOShKENT, 27 yanv — Sputnik. Xalqaro hamjamiyat afg‘on muammosiga nisbatan nuqtayi nazarini o‘zgartirishi va unga boshqa tomondan yondashishi lozim, deb hisoblaydi xalqaro munosabatlar axborot-tahliliy markazi bo‘lim boshlig‘i Sherzod Abdullayev.

Bugun media-haftalikda chiqish qilgan ekspert afg‘on ziddiyati borgan sari murakkablashayotganini ta’kidladi.

Yevroittifoq Afg‘oniston masalasida O‘zbekiston yordamiga umid qilmoqda

"Markaziy Osiyo yo‘nalishi biz uchun tabiiyki, ustuvor hisoblanadi. Afg‘oniston ham tarixiy, ham geografik va ham geosiyosiy jihatdan Markaziy Osiyo mintaqasiga kiradi. Biz bu davlatni har doim umummintaqaviy xavfsizlik tizimining ajralmas qismi deb hisoblab kelganmiz. Afg‘on omili tashqi siyosatimiz uchun shunchaki bir yo‘nalish emas. U milliy xavfsizlik siyosatimizning jiddiy unsuri hisoblanadi", — dedi Abdullayev.

Toshkentning afg‘on muammosi borasidagi qarashlarini bayon qilar ekan, u birinchidan, O‘zbekiston ko‘p yillardan buyon izchil va tizimli ravishda Afg‘onistondagi ichki ziddiyatlar tinch siyosiy muzokaralar yo‘li bilan afg‘onlarning ichki milliy kelishuvi asosida hal qilinishi tarafdori bo‘lib kelayotganligini aytdi. Va ekspertning aytishicha, bu BMT shafe’ligi ostida hamda hech qanday dastlabki shartlarsiz o‘tishi lozim.

Siyosatshunosning fikricha, bu muammoni hal qilishning ikkinchi sharti afg‘onlarning ichki ishlariga tashqi kuchlarning buzg‘unchi ta’sirini butkul istisno qilishdir. Uchinchidan esa bir-biri bilan nizolashayotgan afg‘on guruhlariga ayrim tashqi kuchlar tomonidan qurollar yetkazib berilishini bas qilish shart.

OAV: O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida foydalanilmagan imkoniyatlar ko‘p

"Biz afg‘on muammoasini hal qilish uchun biz mana shu uch shartnoi olg‘a surib kelmoqdamiz va olg‘a surishda davom etamiz. Afg‘onistonda mustahkam tinchlik va barqarorlikning o‘rnatilishi biz yashab kelayotgan ulkan Yevrosiyo mintaqasining ijobiy rivojlanishida muhim omil bo‘lgan bo‘lardi. Bu kommunikatsiya, quvurlar o‘tkazish nuqtayi nazaridan yangi istiqbollar ochib, Markaziy Osiyo davlatlarining iqtisodiy rivojlanishiga turtki bergan bo‘lardi", — dedi ekspert.

U bu masalaga nisbatan o‘z qarashini bayon etar ekan, xalqaro hamjamiyat Afg‘onistonga mintaqaviy muammolar, tahdidlar va chaqiriqlar manbai sifatida qarashni bas qilish kerakligini bildirdi.

"Afg‘onistonga kengroq miqyosda, afsuski u bugungi kunda egallab turgan maqomni o‘zgartirish uchun strategik imkoniyat nuqtayi nazaridan qarash kerak. Bunday qarash hududiy rivojlanishga turtki beradi va mintaqadagi barcha mamlakatlarga butunlay boshqacha geosiyosiy yo‘nalish taqdim etadi", — deb xulosa qildi Sherzod Abdullayev.

Yangiliklar lentasi
0