OAV: O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida foydalanilmagan imkoniyatlar ko‘p

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 9-yanvar kuni Toshkentda Afg‘oniston Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Hikmat Xalil Karzay bilan uchrashdi

TOShKENT, 10 yanv — Sputnik. Toshkentda Afg‘oniston delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda "Jahon" AA.

Xabarda ta’kidlanishicha, muloqot chog‘ida mamlakatlar o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarishdan manfaatdor ekani ta’kidlangan. Ikki tomonlama aloqalarning bugungi holati va istiqboli yuzasidan fikr almashilgan.

Elektr uzatish tizimi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Afg‘oniston infraqurilma tizimiga sarmoya kiritadi
"O‘zbekiston Afg‘onistondagi qurilish, energetika, tog‘-kon sanoati va ta’lim sohalaridagi loyihalarda ishtirok etib kelmoqda. "O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati tomonidan Hayratondan Mozori Sharifgacha temir yo‘l liniyasi qurilgan. Mamlakatimizning ko‘magi bilan Afg‘onistonda ko‘priklar, yuqori voltli elektr liniyalari, optik tolali kabel liniyalari, suv ta’minoti tarmog‘i barpo etilgan. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun hali foydalanilmagan imkoniyatlar ko‘p", — deyiladi xabarda.

Uchrashuvdan so‘ng O‘zbekiston – Afg‘oniston siyosiy maslahatlashuvlarining birinchi raundi bo‘lib o‘tgan.

Tadbirda mamlakatlar o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport kommunikatsiyalari, madaniy-gumanitar kabi sohalardagi aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar muhokama qilingan.

Afg‘oniston delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida ham muzokara o‘tkazgan.

Yangiliklar lentasi
0