Yevroittifoq Afg‘oniston masalasida O‘zbekiston yordamiga umid qilmoqda

Obuna bo‘lish
Biz hamkorlik uchun mintaqadagi, xususan, O‘zbekistondagi ta’lim institutlari va kuchidan foydalanishni istardik, dedi diplomat

TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. YeIning Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Piter Burian Afg‘onistonni tiklashda Yevroittifoqning O‘zbekistondan umidi katta ekanligini bildirdi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Burian Toshkentga tashrifi vaqtida jurnalistlar bilan uchrashuvida Afg‘onistonning iqtisodiy va ijtimoiy sohasiga kadrlar tayyorlashda Markaziy Osiyo mamlakatlarining roli ham muhokama qilinganini ma’lum qildi. "Biz hamkorlik uchun mintaqadagi, xususan, O‘zbekistondagi ta’lim institutlari va kuchidan foydalanishni istardik" — dedi diplomat.

YeI maxsus vakili O‘zbekistonga ishchi tashrifi davomida tashqi ishlar vazirligi, tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi rahbariyati, parlament, biznes va jamoat tashkilotlari vakillari bilan uchrashdi.

Yangiliklar lentasi
0