"O‘zbekenergo" 600 mln $ lik elektrostansiyalar quradi

© Flilckr / Ian MuttooElektr uzatish tizimi
Elektr uzatish tizimi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"O‘zbekenergo" AJ 2015-2022 yillarda O‘zbekiston elektr energetikasi tizimini rivojlantirishga qaratilgan umumiy qiymati 9 mlrd dollar bo‘lgan 33ta loyiha amalga oshirishi kerak.

TOShKENT, 23 yanv — Sputnik. "O‘zbekenergo" Osiyo Taraqqiyot banki bilan (OTB) umumiy quvvati 595,5 mln dollar bo‘lgan ikkita elektr stansiyasi qurish haqida shartnoma imzolagan, bank matbuot xizmati xabariga asosan.  

Xususan "O‘zbekenergo" Hyundai Engineering va Hyundai Engineering & Construction kompaniyalari bilan Qoraqalpog‘iston hududida joylashgan Taxiatash IESini zamonaviylashtirish uchun umumiy qiymati 448,5 million  bo‘lgan shartnoma tuzgan. Ushbu loyihani amalga oshirish uchun OTB O‘zbekistonla 300 mln dollarlik kredit ajratgan.

O‘zbekiston Prezidenti v.b., Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Taxiatosh IES qurilishini tezlashtirishni buyurdi

2016 yilning dekabr oyi oxirida bo‘lib o‘tgan tenderda Hyundai konsorsiumi g‘olib chiqdi. Shartnomaga ko‘ra, konsorsium Taxiatash IESiga umumiy quvvati 230-280 MVt bo‘lgan ikkita par-gaz qurilmasi yetkizib beradi. Loyihani amalga oshirish  muddati ikki yil.

OTB xabariga ko‘ra "O‘zbekenergo" shuningdek Xitoyning Zhuhai Singyes Green Building Technology kompaniyasi bilan ham 147 million dollarlik shartnoma imzolagan. Ushbu shartnomaga ko‘ra xitoy korxonasi 147 mln dollar evaziga Samarqand viloyatida quyosh elektr stansiyasi qurishi kerak.

OTB quyosh elektr stansiyasi qurish uchun 100 mln $ ajratadi

O‘tgan yilning dekabr oyida bo‘lib o‘tgan, quvvati 100 MVt bo‘lgan quyosh elektr stansiyasi qurish tenderda Xitoy korxonasi g‘olib chiqqan edi. Qurish muddati ikki yilbo‘lgan ushbu loyiha uchun OTB 110 millionlik kerdit ajratgan.

"O‘zbekenergo" AJ 2015-2022 yillarda O‘zbekiston elektr energetikasi tizimini rivojlantirishga qaratilgan umumiy qiymati 9 mlrd dollar bo‘lgan 33ta loyiha amalga oshirishi kerak. Ushbu loyihalar yangi ES qurish bilan birga mavjud ESni ta’mirlash va zamonaviylashtirishni ham o‘z ichiga olgan.

Ushbu loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilgan taqdirda 2020-yilga kelib O‘zbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarish 20% ga oshadi va 68,7 milliard kVt.soatni tashkil qiladi.

Yangiliklar lentasi
0