Jamiyat

OTB quyosh elektr stantsiyasi qurish uchun 100 mln $ ajratadi

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Yangi geliostantsiya Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida qurili rejalashtirilgan.

TOSHKENT, 17 yanv — Sputnik. Osiyo Taraqqiyot banki quyosh elektr stantsiyasi qurish uchun Oʻzbekistonga 100 mln $ kredit ajratadi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti, OTB matbuot xizmatiga asosan.  

Gap Surxondaryoning Sherobod tumanida qurilishi rejalashtirilgan, quvvati 100 MVtga teng boʻlgan geliostantsiya haqida ketmoqda.

Stantsiya qurilishi uchun kredit ushbu yilning ikkinchi yarmida ajratilishi kutilmoqda. Geliostantsiya loyihasi 2017 yilning iyun oyiga qadar tayyor boʻlishi kerak.

gelioenergetik qurilma - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
Oʻzbekistonlik olimlar gelioenergetik qurilma oʻylab topishdi

Eslatib oʻtamiz, ushbu sohada OTBning Oʻzbekistondagi dastlabki loyihasi – Samarqand viloyatida 100 MVtli fotoelektrik stantsiya qurish edi.  Bu Oʻrta Osiyoda birinchi katta quvvatga ega boʻlgan elektr stantsiya boʻlishi kerak.

Ushbu fotoelektrik stantsiya qurilishi boʻyicha oʻtgan yilning dekabr oyida oʻtkazilgan tenderda xitoyning Zhuhai Singyes Green Building Technology Co., Ltd kompaniyasi gʻolib chiqdi. Rejaga koʻra, ushbu elektr stantsiyasi yiliga 200 mln kilovat/soat energiya ishlab chiqarishi kerak.

Oʻzbekiston hukumati 2020 yilga qadar quyosh nuridan yordamida olinadigan elektr energiyasi hajmini 300 MVtga yetkizishni rejalashtirgan.  Geliostantsiyalar Samarqand va Surxondaryo viloyatlaridan tashqari Namanganda ham qurilishi rejalashtirilgan. Stantsiyalar qurilish umumiy narxi 450 mln dollarga baholanmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0