TOShKENT, 20 yanv — Sputnik. Rog‘un gidroelektr stansiyasi Sarez ko‘li namunasida quriladi, deb aytdi Tojikiston Favqulodda vaziyatlar va inson muhofazasi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Rustam Shoxiyon.
Quruvchilar ushbu noyob xususiyatni Nurek GESi qurilishida inobatga olishgan ekan. Endilikda, ushbu tajribadan Rog‘un GESi to‘g‘onini qurilishida foydalaniladi, deb xabar qilgan Sputnik Tojikiston.
Vaxsh darosi o‘zani 2016-yil oktabr oyida to‘silgan edi. To‘g‘on qurilishi boshlanishida Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning shaxsan o‘zi ishtirok etgan, va hatto, buldozer ruli qarshisiga o‘tirib, 1,5 soat davomida quruvchilar bilan teppa-teng ishlagan edi.
Eslatib o‘tamiz, Sarez ko‘li xalq orasida Pomirning uyqudagi ajdahosi sifatida mashhur. Tog‘ ko‘li 1911-yili yuz bergan 7 balli vayronakor zilzila oqibatida paydo bo‘lgan. Ko‘l o‘rnida bo‘lgan uch qishloq aholisi nobud bo‘lgan. Qishloqlardan birining nomi bilan ko‘l ham Sarez deb atala boshlagan.
Ammo Tojikiston Favqulodda vaziyatlar va inson muhofazasi qo‘mitasi Sarez ko‘li tufayli xavfsirash kerak emasligi haqida takrorlab keladi. Qo‘mita axborotiga ko‘ra, ko‘ldagi suv sathi ustidan kunu-tun nazorat olib boriladi.