Ekspert: Rog‘un Markaziy Osiyodagi qo‘shnilar orasidagi muvozanatga putur yetkazadi

© Foto iz arxiva E.KuzminoyEkspert Yelena Kuzmina
Ekspert Yelena Kuzmina - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bunday masalalar xalqaro darajada muhokama qilinishi lozim, dedi Yelena Kuzmina

TOShKENT, 1 noya – Sputnik. O‘tgan shanba kuni Vaxsh darosi qirg‘og‘ida Rog‘un gidroelektrostansiyasi to‘g‘onini qurish ishlari boshlandi. Qurilish ishlari boshlanishini shaxsan Emomali Rahmon nazorat qildi.

Davlat rahbari buldozer ruliga o‘zi o‘tirdi va quruvchilar birga bir yarim soat davomida Vaxsh darosini to‘sish ishlarida qatnashdi, deb xabar berdi Sputnik Tojikiston prezident matbuot xizmatiga tayanib.

RFA iqtisodiyot institutining sovetlardan keyingi tadqiqotlar markazining sovetlardan keyingi mamlakatlar iqtisodiy taraqqiyoti bo‘limi rahbari Yelena Kuzminaning aytishicha, Rog‘un GESining qurilishi – ancha ilgarigi loyiha bo‘lib, u Markaziy Osiyodagi qo‘shni davlatlar o‘rtasidagi muvozanatga qandaydir darajada putur yetkazadi.

Emomali Rahmon GES qurilishida - Sputnik O‘zbekiston
Emomali Rahmon Rog‘un GESi qachon ish boshlashini aytdi

"O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Mirziyoyev Tojikiston bilan munosabatlarni yaxshilashga urindi. Xususan, Rog‘un GESi qurilishining barcha ijobiy va salbiy tomonlari haqida gaplashishga ham uringan, ehtimol. Aftidan, kelisha olishmadi. Bunday masalalar xalqaro darajada muhokama qilinishi lozim. Bunday yirik miqyosdagi GESni barpo etish uchun butun boshli qurilishga yetadigan pul bo‘lishi darkor, faqatgina dastlabki qurilish boshlash uchun emas. To‘g‘ri, investitsiyalar bor, lekin bu mablag‘ yetmaydi.

Balki bu siyosiy o‘yindir. Ehtimol Tojikiston shu yo‘l orqali siyosiy mavqeyini oshirmoqchidir. Lekin menimcha u o‘zi mo‘ljallagan darajadagi mavqega erisholmaydi.

Iqtisodchi sifatida aytishim mumkinki, tashqi moliyaviy yordamsiz Tojikiston bu qurilishni amalga oshira olmaydi. Hozircha bu siyosiy yoki iqtisodiy deklaratsiyadek tuyulmoqda", — dedi Yelena Kuzmina Sputnik Tojikistonga bergan intervyusida.

Yangiliklar lentasi
0