TOSHKENT, 14 yanv — Sputnik. AQSH prezidenti etib saylangan Donald Tramp Rossiyaga qarshi sanktsiyalarni zudlik bilan bekor qilmasligini, ammo kelajakda shunday boʻlishi mumkinligini taʼkidlamoqda, deb xabar qilgan RIA Novosti.
AQShning yangi prezidenti etib saylangan Tramp oʻzining saylovoldi kampaniyasida Rossiya bilan hamkorlik qilish niyatida ekanligini bir necha bor taʼkidlagan.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yilning 29 dekabrida AQSH Rossiyaning bir qator fuqarolari va tashkilotlariga qarshi sanktsiyalar kiritib, AQShdagi 35 nafar rossiyalik diplomatni mamlakatdan chiqarib yuborgan edi. Shu kunning oʻzida AQSH Milliy xavfsizlik agentligi va Federal qidiruvlar byurosi Rossiyaning AQShdagi kiberhujumlarga aloqadorligi haqidagi qoʻshma hujjatni chop etib, ammo bu ayblovlarga dalil keltirmagan edi. Maxsus xizmat buni "maʼlumot oʻta maxfiyligi" bilan izohladi.
Rasmiy Kremloʻz navbatida Vashington tomonidan qoʻyilayotgan ayblovlarni toʻliq rad etib kelmoqda. Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov AQSH maxsus xizmatlari bayonnomasi asossiz ayblovlardan iborat ekanligini va Moskva bu ayblovlardan "charchaganini" taʼkidladi.