TOShKENT, 14 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vatan himoyachilarini Qurolli kuchlar tashkil etilganining 25-yillik sanasi bilan muborakbod etar ekan, o‘z tabrik nutqida O‘zbekiston Qurolli kuchlar akademiyasi qayta isloh qilinishini ta’kidladi.
Prezident, o‘z nutqida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa doktrinasini qayta ishlab chiqish zarurati haqida gapirgan va mutlaqo yangi Qurolli Kuchlar akademiyasini tashkil etish bu yo‘nalishdagi birinchi qadam bo‘lishi darkorligini ma’lum qilgan.
Harbiy bilim yurtida haqiqatan ham ta’lim olishga munosib, yuksak aql-zakovat va yetakchilik qobiliyatiga ega bo‘lgan yoshlarni aniqlash uchun ularni o‘qishga tanlab olishda talab oshirilishi mamlakatning har bir regionida ikki-uchtadan kollej yoki litseylar barpo etiladi. Ana shu kollej va litseylar o‘zlarining asosiy vazifalari bilan birga, oliy harbiy o‘quv yurtlariga kiradigan yoshlarni chuqur tayyorlash bilan ham shug‘ullanishi aytilmoqda.
Prezident yangi akademiya harbiy ta’limning yagona tizimida haqiqatan ham asosiy o‘rin egallashi, tom ma’noda harbiy ilm-fan markaziga aylanishiga ishonch bildirgan.
Akademiyada leytenantlar tayyorlash, faoliyat ko‘rsatayotgan ofitserlar malakasini oshirish va shuningdek, armiyamiz boshqaruv tarkibidagi qo‘mondonlik kadrlarini maxsus tayyorgarlikdan o‘tkazish davom ettiriladi.
Prezident bu vazifani amalga oshirish uchun ta’lim jarayoniga eng yangi usul va texnologiyalarni joriy etish, o‘quv auditoriyalarini zamonaviy trenajorlar, o‘quv va laboratoriya asbob-uskunalari va kompyuter texnikasi bilan jihozlash lozimligi hamda akademiya tinglovchilarining umumiy madaniyatini oshirish, ularning dam olishi va sport bilan shug‘ullanishi uchun barcha qulay sharoitlarni yaratilishi darkorligini aytgan.
Bundan tashqari, barcha oliy harbiy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari tarkibini tayyorlash, jumladan, ularning xorijdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalarida malaka oshirish imkoniyatlaridan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir.
"Jahonda va mintaqada vaziyatning rivojlanish dinamikasini hisobga oladigan bo‘lsak, vujudga keladigan xavf-xatar va tahdidlarga munosib zarba berish zarurati, shuningdek, bizning ustuvor vazifa va imkoniyatlarimiz O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa doktrinasini qayta ishlab chiqishni talab etadi", degan prezident.
"Faqat ana shunday tizimli yondashuv biz uchun milliy xavfsizlikni ta’minlash sohasida yagona, muvofiqlashtirilgan va izchil strategiyani ishlab chiqish, mavjud resurs va mablag‘larni ustuvor maqsadlarga yo‘naltirish, ularni behuda sarflamaslik, ikkinchi darajali vazifalarga chalg‘ib ketmaslik imkonini beradi.
Prezident qisqa muddatda ularning tashkiliy tuzilishi va boshqaruv tizimini takomillashtirish, shuningdek, ularni zamonaviy texnika va qurol-yarog‘ bilan ta’minlash bo‘yicha kompleks tadbirlarni amalga oshirish lozimligini aytgan.
Prezident Vatan himoyachilariga bayram tabrigida O‘zbekiston hech qanday harbiy-siyosiy bloklarga qo‘shilmasligini ta’kidladi.