O‘zbekiston har qanday tahdidlarga keskin zarba berishga qodir

© Slujba natsionalnoy bezopasnosti Respubliki UzbekistanHarbiy qasamod qabul qilish
Harbiy qasamod qabul qilish - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev O‘zbekistonning tinchliksevar siyosati yuritishini, lekin mamlakat mustaqilligi va xalq osoyishtaligiga tahdid soladigan urinishlarga qarshi zarba berishga qodirligini ta’kidladi

TOShKENT, 15 dek – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida so‘zlagan nutqida O‘zbekiston suvereniteti va mustaqilligiga, xalqning tinch va osuda hayotiga tahdid soladigan har qanday urinishlarga qarshi keskin zarba berishga qodirligini aytdi.

"Bugungi kunda dunyoning ayrim mintaqalarida tobora keskinlashib borayotgan qonli mojaro va ziddiyatlar, terrorizm va ekstremizm xavfi bizdan doimiy ogoh va hushor bo‘lishni talab etmoqda.

Shu borada O‘zbekiston chegaralarining xavfsizligi va daxlsizligini ta’minlash, mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, yurtimiz ostonasiga hech qanday balo-qazoni yaqin keltirmaslik kabi hal qiluvchi vazifalar hamisha diqqatimiz markazida bo‘ladi", dedi prezident.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning tinchliksevar siyosati yuritishini, lekin mamlakat mustaqilligi va xalq osoyishtaligiga tahdid soladigan urinishlarga qarshi zarba berishga qodirligini ta’kidladi.

O‘zbekiston armiyasi harbiylari - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston armiyasi dunyoning eng kuchli 50 armiyasi qatoridan o‘rin oldi

"Bugun prinsipial jihatdan g‘oyat muhim bo‘lgan bir fikrni yana ta’kidlab aytishni zarur deb bilaman: O‘zbekiston va uning bag‘rikeng xalqi tinchliksevar siyosat yuritish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qarash tamoyillarini amalga oshirish pozitsiyasida doimo mustahkam turib kelmoqda. Lekin, zarur bo‘lsa, biz mamlakatimiz suvereniteti va mustaqilligiga, xalqimizning tinch va osuda hayotiga tahdid soladigan har qanday urinishlarga qarshi keskin zarba berishga qodirmiz. Shuning uchun men, xalqimizga murojaat qilib, shuni aytmoqchimanki, bu masalada hech kimda hech qanday ikkilanish va shubha bo‘lmasligi lozim. Bunga bizning kuchimiz ham, qudratimiz ham yetarli", dedi u.

O‘zbekiston prezidenti Qurolli Kuchlar, Milliy xavfsizlik xizmati, chegara va ichki qo‘shinlarning askar va serjantlari, ofitser va generallariga, barcha harbiy xizmatchilarga o‘zining harbiy qasamodi va muqaddas burchiga sadoqati uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashidan Mudofaa vazirligi va boshqa tuzilmalar rahbariyati bilan birgalikda Qurolli Kuchlarning 25-yilligiga tayyorgarlik ko‘rish va uni munosib nishonlashga doir chora-tadbirlar kompleksini taqdim etishni so‘radi.

U bu borada munosib harbiy xizmatchilarni nafaqat yaqinda ta’sis etilgan ko‘krak nishonlari bilan, balki yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlash bo‘yicha ham takliflar kiritish maqsadga muvofiqligini aytdi.

Yangiliklar lentasi
0