OAV: Rossiya, Turkiya va Eron Suriyani bo‘lib olmoqchi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishPalmira shahri
Palmira shahri - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya, Turkiya va Eron o‘rtasida tuziladigan shartnoma doirasida Suriya qator norasmiy ta’sir zonalariga bo‘linishi mumkin

TOShKENT, 29 dek — Sputnik. Ommaviy axborot vositalari Suriyaning ta’sir zonalariga bo‘lib olinishi rejalari haqida xabar bermoqda, deb yozgan RIA Novosti.

Anadolu agentligi ilgarirov Anqara va Moskva 29-dekabr soat 00.00dan boshlab butun Suriya hududida sulh rejimi joriy etilishi haqida xabar bergan edi. Rossiya prezidenti matbuot-kotibi Dmitriy Peskov esa tomonlar kelishuvi haqida Kremldagilar yetarlicha ma’lumotga ega emasligini ta’kidlagan.

Sankt-Peterburgda KXShT sammiti - Sputnik O‘zbekiston
KXShT sammitida Putin Suriya va Afg‘onistondagi vaziyatga izoh berdi
Reyter agentligi xabariga ko‘ra, Suriya prezidenti Bashar Asad o‘z lavozimini kelgusi saylovlarga qadar saqlab qoladi. Shundan so‘ng Suriya rahbarligini boshqa nomzod egallaydi, Asad va uning oilasi xavfsizligi esa kafolatlanadi, deb yozgan nashr.

"Hozirda shartnoma ustida ish olib borilmoqda, hujjat Suriya hukumati, qo‘zg‘olonchilar, Fors qo‘ltig‘i mamlakatlari va AQSh bilan kelishilishi kerak", deb aytgan Rossiya pozitsiyasi bilan yaxshi tanish bo‘lgan manba. Xabarda ta’kidlanishicha, ushbu shartnoma Asad tomonidan nazorat qilinadigan federal tuzilma tarkibida muxtoriyatni yaratish imkonini beradi.

"So‘nggi kelishuvga erishish oson bo‘lmaydi, ammo pozitsiyalar o‘zgargan", — deb ta’kidlagan Rossiya kengashining xalqaro masalalar bo‘yicha bosh direktori Andrey Kortunov.

Kortunovning so‘zlariga ko‘ra, Asadni almashtiradigan bir nechta nomzodlar allaqachon muhokama qilingan. "Manba ularning ism-shariflarini keltirib o‘tishdan keskin bosh tortdi", — deb yozgan nashr.

Yangiliklar lentasi
0