TOShKENT, 29 dek — Sputnik. 29 dekabr kuni xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi sessiyasi o‘tkaziladi, deb xabar qilgan Toshkent shahar hokimligi matbuot-xizmati.
Xabarda aytilishicha, sessiya kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilgan:
Toshkent shahri bo‘yicha 2017-yil uchun mahalliy soliqlar va yig‘imlar stavkalari to‘g‘risida;
Toshkent shahrini 2017—2024 yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari prognoz dasturini tasdiqlash to‘g‘risida;
2016 yil "Sog‘lom ona va bola yili" davlat dasturining ijrosi to‘g‘risida;
"Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ijrosi yuzasidan Chilonzor tumani hokimining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisoboti to‘g‘risida;
"Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni to‘g‘risida;
Toshkent shahridagi ba’zi geografik obyektlar nomlarini tartibga keltirish to‘g‘risida;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga ko‘maklashuvchi komissiyasiga yordam beruvchi xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi ishchi guruhining 2017-yilga mo‘ljallangan ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida;
Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi va doimiy komissiyalarining 2017-yilga mo‘ljallangan ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida va boshqa masalalar.