TOShKENT, 15 dek — Sputnik. Xalq deputatlari Toshkent viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.
Xabarda ma’lum qilinishicha, viloyat hokimi lavozimiga Bobayev Shukrullo Habibullayevich nomzodi ko‘rib chiqilgan va viloyat kengashi deputatlari qo‘llab-quvvatlashi bilan bir ovozdan ma’qullangan.
U 2016-yilning 4-fevralida Toshkent viloyatida Ahmadjon Usmonov o‘rniga yangi hokim sifatida tayinlangan, shu yil avgustida ishdan olingan Sodiq Abdullayev o‘rnini egalladi.
O‘zbekiston Prezidentining 12-avgustdagi farmoniga muvofiq Islamjan Ergashxo‘jayev Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida tayinlangandi.
Xabarlarga ko‘ra, I.Ergashxo‘jayev hozirga qadar bo‘sh turgan Respublika Bosh prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga o‘tkazilgan.