O‘zbekistonlik turoperatorlar o‘zlarini qiynayotgan muammolarni aytdilar

© OLGA NEDBAYAVA / AFPO‘zbekistonda turizm rivojlanadi
O‘zbekistonda turizm rivojlanadi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turfirmalar vakillari burokratiya, yo‘llarning yomonligi va boshqa muammolardan shikoyat qildilar

TOShKENT, 29 dek — Sputnik. Toshkentda bo‘lib o‘tgan Davlat turizmni rivojlantirish qo‘mitasining ishchi yig‘ilishida MDH mamlakatlari turistlari uchun imtiyozlar joriy etish, turizm sohasidagi burokratik to‘siqlar va xorijlik turistlarni ryo‘xatga olishdagi muammolar o‘rtaga tashlandi, deb xabar bermoqda nuz.uz.

Vazirlik, muassasa, turistik kompaniyalar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan yig‘ilishda O‘zbekistonda 2017-2021 yillarda turizm sohasini rivojlantirishga mo‘ljallangan Konsepsiya rejasi, mamlakatga turistlar oqimini ko‘paytirish bo‘yicha takliflar va turizm sohasidagi hamkorlik va investitsiyalar borasidagi rejalar muhokama etildi.

Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiya va turizm bo‘yicha Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyevning aytishicha, "O‘zbekturizm" kompaniyasining davlat qo‘mitasiga aylantirilgani bu sohadagi muhim qadam bo‘lib, hozirda qo‘mita yaqin 5-yilga mo‘ljallangan davlat dasturini ishlab chiqmoqda.

"Bugungi kunda O‘zbekiston YaIMda turizmning ulushi 3%ga ham yetmayapti. Bu kimdir ishlamayotgani uchun emas. Shunchaki tizimning o‘zini o‘zgartirish vaqti keldi", — dedi Sodiq Safoyev.

Samarkand - Sputnik O‘zbekiston
Anvar Sharapov Davlat turizmni rivojlantirish qo‘mitasi rahbari bo‘ldi

Yig‘ilishda turizm sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkorlar sohadagi muammolar va ularning yechimi haqida fikr bildirdilar.

Turoperatorlardan biri O‘zbekistonga kelayotgan turistlar umumiy sonining katta qismini tashkil etuvchi MDH mamlakatlari fuqarolari uchun imtiyozlar joriy etishni taklif qildi. yana bir kompaniya vakili esa xorij fuqarolarining O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tmasdan yurishlari muddatini uzaytirishni so‘radi.

"Uch kun judayam oz muddat. Bu davr talabi va majburiy ro‘yxatdan o‘tish xavfsizlik maqsadlarida joriy etilganini tushunamiz, lekin bu turoperatorlar, aytaylik, qishloq va tog‘ turizmini rivojlantirishga to‘siq bo‘lmoqda", — dedi u.

Turfirmalar vakillari burokratiyadan ham shikoyat qildilar. Ularning aytishlaricha, viloyatlarda biror faoliyat turi bilan shug‘ullanish uchun litsenziya olishga yarim yil vaqt ketadi, chunki dastlab barcha zarur hujjatlarni yig‘ish, so‘ngra ular ko‘rib chiqilishi uchun Toshkentga jo‘natish lozim bo‘ladi. Viloyat muassasalariga bu borada ko‘proq vakolat berilishi taklif qilindi.

Turizm sohasidagi tadbirkorlik rag‘batlantiriladi

Suhbat davomida O‘zbekiston haqida sifatli surat va videolavhalar joylashtirilgan yagona portal yaratish taklifi o‘rtaga tashlandi va bu taklifni davlat qo‘mitasi qo‘llab-quvvatladi.

Turkompaniyalardan birining vakili Milliy aviakompaniya va Davlat temir yo‘l kompaniyalari tomonidan turoperatorlarga imtiyoz va chegirmalar berilishi borasida murojaat qildi. "O‘zbekiston havo yo‘llari" vakili bu masala ko‘rib chiqilishiga va’da berdi.

Shuningdek, chekka hududlardagi yo‘llarning yomonligi, turistlar uchun infrastruktura va oddiy qulayliklarning mavjud emasligi borasida ham murojaatlar bo‘ldi. Davlat qo‘mitasi sohadagi bu va boshqa muammolarni hal qilishga va’da berdi.

Davlat turizmni rivojlantirish qo‘mitasi rahbari Anvar Sharapovning aytishicha, tarkibiga barcha vazirlik va muassasalar vakillari kiradigan Turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat kengashini tuzish rejalashtirilgan. Kelgusi yil boshida turizm sohasidagi turli muammolarni yechish maqsadida muassasalararo yig‘ilish o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Yangiliklar lentasi
0