TOShKENT, 28 dek — Sputnik. Anvar Sharapov Davlat turizmni rivojlantirish qo‘mitasi rahbari etib tayinlandi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu mavzudagi qarorni imzoladi, deb xabar qilmoqda Nuz.uz sahifasi.
Anvar Qurbonovich Sharapov oldin O‘zbekiston prezidentining Tashkiliy-kadrlar masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi vazifasida ishlab kelgan edi.
Biroz oldin Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasining faoliyatini to‘xtatish haqida qaror imzolagan edi. Bundan buyon “O‘zbekturizm” vazifasini Davlat Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi bajaradi. Viloyatlarda qo‘mitaning bo‘limlari va vakillari ham faoliyat ko‘rsatadi.