O‘zbekistondagi 28 shaharning ko‘cha yoritish tizimlari almashtirilishi lozim

© Sputnik / Sergey Averin / Mediabankka o‘tishShahar yoritish tizimi
Shahar yoritish tizimi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vaziyatni o‘nglash uchun mamlakatda 2020-yilgacha mo‘ljallangan tashqi yoritish tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish rejalashtirilgan

TOShKENT, 28 dek — Sputnik. O‘zbekistonning 28ta shahrida tashqi yoritish tizimi almashtirishga muhtoj. Bu haqda Moliya vazirligi bergan ma’lumotda aytildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Vazirlikning ma’lumotiga ko‘ra, bugungi kunda respublikaning 28 ta shahrida moddiy va ma’nan eskirgan hamda energiya iste’moli ko‘p bo‘lgan ko‘cha chiroqlaridan foydalanilib kelinmoqda.

"Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra 2 779,2 km uzunlikdagi ko‘chalarda modernizatsiya qilinishi talab etiladigan 82 883 ta ko‘cha chiroqlari mavjud", — deyiladi vazirlik ma’lumotida.

Pushkin xiyobonida quyosh batareyali chiroqlar paydo bo‘ldi

Vaziyatni o‘nglash uchun mamlakatda 2020-yilgacha mo‘ljallangan tashqi yoritish tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish rejalashtirilgan. Unga asosan mavjud energiya iste’moli ko‘p bo‘lgan ko‘cha chiroqlari yorug‘lik diodli texnologiyalar asosidagi zamonaviy energiya tejovchi chiroqlar bilan almashtiriladi.

Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladigan 28 ta shaharning tashqi yoritish tizimini modernizatsiya qilish loyihasining umumiy qiymati 84,8 milliard so‘mni tashkil qiladi va kelasi yilda bu maqsad uchun 24 milliard so‘m ajratiladi. O‘zbek ekspertlarining fikricha, dasturning amalga oshirilishi mazkur shaharlardagi ko‘chalarning tashqi yoritish sifati yaxshilanishini ta’minlaydi va aholining farovon turmush kechirishi uchun qulay sharoitlar yaratadi.

Elektrostansiya - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda energiyani tejashga yanada e’tibor qaratiladi

Bundan tashqari, tashqi yoritishda sarflanadigan elektr energiya iste’moli yiliga 30 ming kVtga, shu bilan birga davlat budjeti parametrlarida ushbu maqsadlar uchun rejalashtiriladigan budjet xarajatlarining qisqarishiga erishiladi.

Shu bilan birga Islom taraqqiyot banki ishtirokida Toshkent shahri ko‘chalarini yoritish tizimiga energiya samaradorligi yuqori bo‘lgan texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha loyiha amalga oshirilmoqda. ITB loyihani amalga oshirish uchun 36 million dollar miqdorida kredit ajratgan.

Loyihani amalga oshirish doirasida 120 mingta eskirgan chiroqlar energiya tejash samaradorligi yuqori bo‘lgan chiroqlar bilan almashtiriladi. Shuningdek, tashqi yoritish tizimi masofadan boshqariladigan avtomatlashgan tizim joriy etiladi.

Mustaqil ekspertlarning baholashlaricha, loyiha amalga oshirilgach, yangi tizim samaradorligi evaziga poytaxtda yiliga 3 million dollargacha mablag‘ tejaladi.

Yangiliklar lentasi
0