Pushkin xiyobonida quyosh batareyali chiroqlar paydo bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Bu poytaxtdagi dastlabki loyiha bo‘lib, keyinchalik shaharning boshcha bog‘lari va dam olish hududlarini ham shu kabi chiroqlar bilan bezatish rejalashtirilgan.

TOShKENT, 1 avg — Sputnik. Toshkentdagi Pushkin xiyobonida yangi turdagi quyosh energiyasi bilan ishlaydigan chiroqlar paydo bo‘ldi, deb xabar bermoqda Nuz.uz nashri.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, xuddi shunday chiroqlar shaharning boshqa tumanlaridagi bog‘ va xiyobonlarda ham o‘rnatilishi mumkin ekan.

Toshkent uchun yangi bo‘lgan ushbu texnologiya ekologik toza va samarali hisoblanadi. Kun davomida quyosh batareyasi elektr energiyasini akkumulyatorga jamlaydi. Qorong‘u tushganda esa maxsus asbob chiroqni yoqadi. Shunday qilib har bir fonar avtonom ravishda ishlaydigan tizimni tashkil qiladi. Unga hech qanday sim tortish kerak emas.

Hozir Pushkin xiyobonida 20ta shunday chiroq o‘rnatilgan. Chiroqlar ko‘rinishi atrof manzarasiga mos ravishda tanlangan. Ushbu yangilik tashabbuskorlari – Davlat Tabiatni Muhofaza qilish qo‘mitasi va O‘zbekistondagi OBSEning “O‘zbekistonda ekologik tashabbuslarni amalga oshirishda yordam ko‘rsatish” loyihasi.

 

Yangiliklar lentasi
0