O‘zbekistonda xavfsizlik choralari kuchaytirildi

© Sputnik / Denis Petrov / Mediabankka o‘tishHuquqni muhofaza qilish xodimi
Huquqni muhofaza qilish xodimi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu jarayonda mahalliy hokimliklar, jamoat tashkilotlari vakillari, xususan, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, posbonlar faol ishtirok etib, tadbirlar davomida aniqlanayotgan kamchiliklar, huquqbuzarliklar o‘z vaqtida bartaraf etilmoqda

TOShKENT, 27 dek — Sputnik. Ichki ishlar idoralari tizimida bayram kunlari tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar tasdiqlangan reja asosida amalga oshirilmoqda, deb xabar qilmoqda Uz24 nashri mahalliy OAVlarga tayangan holda.

Xabarda aytilishicha, bunda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda jamoat tartibini saqlash, yo‘l harakati va yong‘in xavfsizligini ta’minlash hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Portlovchi pirotexnika vositalari - Sputnik O‘zbekiston
"Super Juk": bombochkalarni O‘zbekistonga olib o‘tishga uringan shaxs qo‘lga olindi
"Yurtimizning har bir go‘shasi, ayniqsa, bayram tadbirlari o‘tkaziladigan joylar soha xodimlarining alohida e’tiborida. Noxush holatlar yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik, xavfsizlikni ta’minlash yuzasidan maxsus reydlar o‘tkazilmoqda. Bu jarayonda mahalliy hokimliklar, jamoat tashkilotlari vakillari, xususan, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, posbonlar faol ishtirok etib, tadbirlar davomida aniqlanayotgan kamchiliklar, huquqbuzarliklar o‘z vaqtida bartaraf etilmoqda", — deyiladi xabarda.

Xabarda ta’kidlanishicha, pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanishiga chek qo‘yish borasida 37 mingdan ortiq reyd o‘tkazilgan. Natijada 127 holat aniqlanib, ular yuzasidan to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun tegishli idoralarga yuborilgan. 150 mingga yaqin pirotexnika vositalari musodara qilingan.

Bayram arafasida yong‘in xavfsizligi tadbirlari yanada kuchaytirilgan. Soha xodimlari aholi o‘rtasida yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etish yuzasidan tushuntirish ishlarini davom ettirmoqda.

Huquqni muhofaza qilish organlari operatsiyasi. - Sputnik O‘zbekiston
IIV bayram oldidan xavfsizlik choralarini kuchaytirmoqda
Misol uchun, so‘nggi besh yilda sodir bo‘lgan yong‘inlarning deyarli 80%i boshlang‘ich davrida bartaraf etilgan. Natijada ming nafarga yaqin inson hayoti asrab qolingan, 460 milliard so‘mlikdan ortiq mol-mulk qutqarib qolingan.

Bayram kunlari yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ham tizimli ishlar olib borilmoqda. Yo‘l-patrul xizmati maskanlarida avtotransport vositalari qat’iy tekshiruvdan o‘tkazilmoqda. Aholi xavfsizligini ta’minlash uchun barcha jamoat transportlari texnik ko‘rikdan o‘tkazildi. Bayram tadbirlari o‘tkaziladigan maydonlar atrofidagi yo‘llar va yo‘l belgilari ko‘zdan kechirilib, kamchiliklar bartaraf etilgan.

Yangiliklar lentasi
0