IIV bayram oldidan xavfsizlik choralarini kuchaytirmoqda

© Sputnik / Vladimir Pirogov / Mediabankka o‘tishHuquqni muhofaza qilish organlari operatsiyasi.
Huquqni muhofaza qilish organlari operatsiyasi. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mamlakat ichki ishlar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan maxsus reydlar natijasida 7 millionga yaqin obyektlar ko‘zdan kechirilgan. Ayniqsa, pirotexnika vositalari sotilishining oldini olishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

TOShKENT, 25 dek — Sputnik. Yangi yil bayrami arafasida xavfsizlik choralari tadbirlari o‘tkazilmoqda, xabar beradi IIV inson huquqlarini himoya qilish va yuridik ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i Ilxom Turg‘unov.

“Tozalash” tadbiri davomida 7 millionga yaqin obyekt ko‘zdan kechirilib, 191 mingdan ziyod huquqbuzarliklar aniqlandi. Qidiruvda bo‘lgan bir qator jinoyatchilar qo‘lga olindi” Turg‘unov so‘zlaridan iqtibos keltiradi IIV matbuot-xizmati.

Huquqni muhofaza qilish xodimlari pirotexnika vositalari savdosining oldini olishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.

Uyali aloqa minoralari - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonliklar Yangi yil kuni sifatli aloqa bilan ta’minlanadi

Yo‘l-patrul xizmati postlarida avtotransport vositalari nazorati kuchaytirilgan, turli tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan joylarda yo‘llar va yo‘l belgilari holati o‘rganilmoqda. Aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilmoqda, xabar qiladi IIV matbuot-xizmati.

O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida hamda boshqa viloyat shaharlarida xavfsizlik chora-tadbirlari kuchaytirilishi munosabati bilan Yangi yil arafasida va bayram kuni ko‘ngilochar muassasalar ish tartibiga ba’zi bir cheklovlar qo‘yildi. Jumladan, bayram arafasida va 31-dekabr kuni butun respublika bo‘yicha bar, kafe, restoran va boshqa ko‘ngilochar muassasalar 23:00 ga qadar ishlashi haqida qaror e’lon qilindi.

 

Yangiliklar lentasi
0