Afg‘oniston bilan savdo-sotiq hajmi 429 mln $ga yetdi

© AFP 2023Afganskiy malchik gulyayet po Mazari-Sharif
Afganskiy malchik gulyayet po Mazari-Sharif - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Afg‘oniston iqtisodning turli sohalarida hamkorlik qilish uchun ulkan salohiyatga ega, deb hisoblaydi Afg‘oniston prezidentining katta maslahatchisi Xumoyun Qayumi.

TOShKENT, 26 dek — Sputnik. O‘zbekiston va Afg‘oniston orasida mahsulot almashish 2016-yilning 10 oyida 429 mln dollarni tashkil qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Bu haqida bugun Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Afg‘oniston Savdo, transport va  energetika masalalari bo‘yicha birlashgan komissiyasida xabar qilindi.

Elektr uzatish tizimi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Afg‘oniston infraqurilma tizimiga sarmoya kiritadi
Uchrashuv O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazri Elot G‘aniyev va Afg‘oniston prezidenti katta maslahatchisi Xumoyun Qayumi ishtirokida tashkil qilindi. 

Bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida ikki mamlakatning iqtisodiy salohiyati, o‘zaro savdo hajmini oshirish imkoniyatlari hamda hududiy transport va tranzit kommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari kelishib olindi.

Xumoyun Qayumi o‘z nutqida ikki mamlakat orasida iqtisodning turli sohalarida mavjud bo‘lgan ulkan imkoniyatlar haqida so‘zladi hamda O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan iqtisodiy diversifikatsiya qilishga va sanoat zamonaviylashtirishga qaratilgan islohotlarga yuqori baho berdi. 

Prezident maslahatchisi o‘zaro ishonch va qiziqishga qaratilgan hamkorlik savdo-iqtisodiy sohada bosqichma-bosqich rivojlanib borayotganini aytib o‘tdi.

Qobul shahri, Afg‘oniston - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: Afg‘oniston bilan munosabatlarni har tomonlama mustahkamlash lozim
Xususan, Qayumi infratuzilma loyihalarini amalga oshirish va Afg‘oniston iqtisodini tiklash va kelajakda rivojlantirish uchun O‘zbekistonning roli muhimligi qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, komissiyaning birinchi kengashi Toshkentda 2015-yilning 20-aprelida bo‘lib o‘tgan edi. Bugungi kunda O‘zbekiston hududida Afg‘oniston ishtirokida 70 korxona ishlamoqda, ulardan 20tasi – 100% afg‘on kapitali ishtirokida tashkil qilingan.Ushbu korxonalar faoliyatining asosiy yo‘nalishi – xizmatlar sohasi, savdo operatsiyalari hamda qurilish materiallari ishlab chiqarishdir.

2015 yil yakunlariga ko‘ra, ikki mamalkat orasidiagi savdo hajmi 444,5 mln dollarni tashkil qildi. O‘zbekiston va Afg‘oniston orasidagi iqtisodiy hamkorlik “Savdo-iqtisodiy munosabatlar to‘g‘risida”, “Temiryo‘l transporti sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida”, “Xalqaro transport yo‘nalishlari haqida” va “Tranzit va transport sohasidagi hamkorlik to‘g‘rirsida” kabi shartnomalar asosida tashkil qilingan.

Yangiliklar lentasi
0