O‘zbekiston Afg‘oniston infraqurilma tizimiga sarmoya kiritadi

© Sputnik / Georgiy Zelma / Mediabankka o‘tishElektr uzatish tizimi
Elektr uzatish tizimi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Afg‘oniston hukumati mamlakat iqtisodiyotiga sarmoyadorlarni faol ravishda jalb qilishga urinayotgan bo‘lsada, hududdagi notinchlik tufayli, sarmoya kiritishni xoxlovichlar juda kam.

TOShKENT, 13 dek — Sputnik. MDH mamlakatlari bilan hamkorlik bo‘yicha Afg‘oniston prezidentining maxsus vakili Shakir Kargar xabar berishiga ko‘ra, O‘zbekiston Afg‘oniston infraqurilma tizimiga sarmoya kiritishga tayyor, Podrobno.uz xabariga asosan.

Xususan, Afg‘onistonning energetika, qishloq xo‘jaligi, neft, gaz va boshqa foydali qazilmalar sohalariga sarmoyalar kiritish mo‘ljallangan. Shuningdek, O‘zbekiston Salang dovonidagi tunel ta’mirlashida ham ishtirok etishga tayyor. Kargar aytishiga qraganda, ushbu loyihalar Afg‘onistonda minglab ish o‘rinlari yaratishi mumkin ekan.    

"Ikki mamlakat orasida bunday hamkorlik tajribasi katta bo‘lmasada, biz ushbu sohalarda hamkorlik qilishga tayyor. Umid qilamizki loyihalar sifat standartlariga mos ravishda belgilangan muddatda amalga oshiriladi", — dedi Afg‘oniston Savdo-sanoat palatasi spikeri.

Eslatib o‘tamiz, Afg‘oniston hukumati mamlakat iqtisodiyotiga sarmoyadorlarni faol  ravishda qidirayotgan bo‘lsada, mamlakatdagi notinchlik munosabati bilan, sarmoya kiritishni xoxlovchilar soni juda kam.

Yangiliklar lentasi
0