Shavkat Mirziyoyev: dam olish kunlari Chevrolet Malibuda yuraman

Obuna bo‘lish
Prezident Shavkat Mirziyoyev Chevrolet Malibu juda qulay avtomobil ekanligini aytdi

TOShKENT, 26 dek — Sputnik. Samarqandda O‘zbekiston va Qirg‘iziston rahbarlari JV MAN Auto — Uzbekistan o‘zbek-german qo‘shma korxonasiga tashrif buyurdilar. Shavkat Mirziyoyev qaysi o‘zbek avtomobilini afzal ko‘rishini aytdi va Almazbek Atambayevga o‘zbek avtomobillariga o‘tirib ko‘rishni taklif etdi, deb xabar bermoqda "Novosti Uzbekistana" portali.

Shavkat Mirziyoyev va Almazbek Atambayev - Sputnik O‘zbekiston
Atambayev va Mirziyoyev xavfsizlik, savdo hamda o‘zaro do‘stlik haqida kelishdi

"Mashinalar arzon va yaxshi", — dedi prezident Shavkat Mirziyoyev avtomobillarni qirg‘iz hamkasbiga namoyish etar ekan.

"So‘nggi to‘rt yilda Bishkekdagi mashinalar soni 4-marta oshdi. Qayerlardan olib kelishmaydi deysiz! Hattoki radioaktivlari ham bor", — dedi Atamboyev bunga javoban.

"Mana bu so‘nggi avlod Nexia, mutlaq yangi», — deya qayd etdi Shavkat Mirziyoyev.

"Chiroyli mashina», — deb aytdi Atamboyev.

"Bu esa Chevrolet Malibu. Shanba-yakshanba kunlari o‘zim shunda yuraman. Juda qulay», — dedi Shavkat Mirziyoyev hamda qirg‘izistonlik hamkasbini boshqa bir avtomobil — Chevrolet Captivaga o‘tirib ko‘rishni taklif qildi.

Qirg‘izistondagi nurlangan Yaponiya avtomobillari - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘izistonda yaponiya avtomobillari radiatsiyadan tozalanadi

So‘ngra davlat rahbarlari ikkinchi pavilonga o‘tishdi. Bu yerda O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan plastik romlar, maishiy texnika, tekstil, gilamlar, dori-darmonlar va boshqa ko‘plab mahsulotlar ko‘rgazmaga qo‘yilgan edi.

Atambayev bilan kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralarda Mirziyoyev zavodda ko‘p narsa ko‘rsatilmaganini bildirdi.

"Ko‘p narsani sizning Toshkentga rasmiy tashrif bilan kelishingizga olib qo‘ydik", — dedi Mirziyoyev.

Yangiliklar lentasi
0