TOShKENT, 26 dek — Sputnik. Shaxsi noma’lum qolishini istagan ekspert Sputnik Tojikistonga mazkur safarning qoldirilganidan turli mish-mish va uydirmalar chiqarmaslik kerakligini aytdi.
"Birinchidan, Tojikiston prezidenti Peterburgda, KXShT mamlakatlari rahbarlari sammitida, usiz muzokaralar samarali bo‘lmaydi. Bundan tashqari, tomonlar imzolashni mo‘ljallagan kelishuvlarni yanada aniqlashtirib olish uchun yana bir kun vaqt kerak bo‘lishi mumkin", — dedi siyosatshunos.
Eslatib o‘tamiz, bugun Dushanbeda O‘zbekiston va Tojikiston hukumat delegatsiyalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tishi va unda iqtisodiy hamkorlik masalasi muhokama qilinishi lozim edi.
Tomonlar viza tartibini bekor qilish yoki yengillashtirish, transport qatnovini tiklash va Tojikistonda Ravon avtomobillari savdosi bo‘yicha hujjatlar imzolashlari kutilgandi.
Hozircha Emomali Rahmon Rustam Azimov boshchiligidagi delegatsiyani 28-dekabr kuni qabul qilishi mumkinligi ma’lum.
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq ekspertlar O‘zbekistonning Birinchi prezidenti Islom Karimov vafotidan so‘ng Markaziy Osiyodagi qo‘shni davlatlar bilan munosabatlar yaxshilanayotganligi sezilganligini ma’lum qilishgandi.
Bu haqda, xususan, Siyosiy tadqiqotlar instituti MDH davlatlari bo‘limi rahbari Aleksey Bichkov ham aytib o‘tgandi. Uning aytishicha, Shavkat Mirziyoyev — harakatchan rahbar. "O‘zbekiston uchun Mirziyoyev — Rossiya uchun Aleksandr II kabidir. U o‘z mamlakatini Markaziy Osiyodagi eng rivojlangan mamlakatga aylantira oladi", — degan ekspert.